Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin harbiy xarajatlar ikki karra oshirilganini tasdiqladi
2024 yilda Rossiya mudofaa xarajatlari mamlakat yaqin tarixida birinchi marta ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlardan oshib ketadi. Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiya yana bir necha yillik urushga tayyorlanmoqda, deb hisoblaydi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi yili harbiy xarajatlar ikki karra oshishini tasdiqladi. «Biz mudofaa uchun xarajatlarni oshirdik, lekin nafaqat mudofaa, balki mudofaa va xavfsizlik uchun ham ko‘paytirildi. Ular taxminan ikki karra ortdi - oldin taxminan uch foiz edi, endi esa oltiga yaqinlashdi», dedi u 5 oktyabr, payshanba kuni «Valday» muhokama klubi yig‘ilishida.
«Biz qurol-yarog‘ga juda ko‘p pul sarflayapmiz va boshqa narsalarni unutdik, deyish to‘g‘ri emas», deya qo‘shimcha qildi u. Putinning ta’kidlashicha, davlat «barcha ilgari e’lon qilingan rivojlanish rejalarini, strategik maqsadlarga erishish va davlat tomonidan aholi oldidagi barcha ijtimoiy majburiyatlarni to‘liq» amalga oshirmoqda.
Budjet xarajatlarining deyarli uchdan ikki qismi
Rossiya Davlat dumasiga taqdim etilgan budjet loyihasiga ko‘ra, 2024 yildagi xarajatlarning eng katta ulushi «Milliy mudofaa» bandiga to‘g‘ri keladi - 29,3 foiz (10,7 trillion rubl) yoki Putin ta’kidlaganidek, Rossiya yalpi ichki mahsulotining deyarli 6 foizi. Shu bilan birga, maxfiy xarajatlar bandi 6,5 trilliondan 11,1 trillion rublgacha oshadi, ya’ni ular yana uchdan bir qismni tashkil qiladi. Mutaxassislar fikricha, bu mablag‘lar ham asosan harbiy ehtiyojlarga sarflanadi.
Rossiya hukumati «Ijtimoiy siyosat» yo‘nalishiga 7,5 trillion rubl sarflashni rejalashtirmoqda. Shu tariqa, Rossiyaning 2024 yildagi mudofaa xarajatlari mamlakat yaqin tarixida birinchi marta ijtimoiy to‘lovlarga sarflangan xarajatlardan oshib ketadi.
OAV xabarlariga ko‘ra, kelgusi yilda Rossiyada «Sog‘liqni saqlash» milliy loyihasi dasturi 10 foizga qisqartiriladi. Unga 290 milliard rubl sarflanadi, bu bir yil avvalgidan 31 milliardga kam. Onkologiyaga qarshi kurashish va klinikalarni modernizatsiya qilish dasturlari eng ko‘p zarar ko‘radi. Bolalar sog‘lig‘ini saqlashni rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlar deyarli yarmiga qisqartiriladi, birlamchi tibbiy yordamni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan bandlarning 20 foizi yo‘qoladi, «Yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi kurash» loyihasi esa 13 foiz qisqartiriladi. Dori ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturi 2024 yildan boshlab moliyalashtirishdan butunlay mahrum bo‘ladi.
Rossiya yana bir necha yillik urushga tayyorlanmoqda
Harbiy xarajatlarning keskin oshishi Rossiya 2022 yil 24 fevralda boshlagan Ukrainaga qarshi harbiy harakatlar bilan bevosita bog‘liq. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiyaning 2024 yilgi budjeti loyihasini tahlil qilib, Moskva yana bir necha yillik urushga tayyorlanmoqda degan xulosaga keldi.
Mavzuga oid
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39 / 30.06.2026
«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi
20:30 / 28.06.2026