Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning yirik aviakompaniyalari Isroilga parvozlarni bekor qildi
Swiss Air, Austrian Airlines, Turkish Airlines, LOT, Wizz Air, Air Baltic aviakompaniyalari parvozlar bekor qilingani haqida xabar berdi.
HAMAS a’zolarining Isroilga hujumidan so‘ng Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni bekor qilganini e’lon qildi.
«Tel-Avivdagi mavjud xavfsizlik holatini hisobga olgan holda» Lufthansa Frankfurtga bitta reysni saqlab qoladi, biroq Tel-Avivga barcha reyslar 7 oktyabr holatiga bekor qilindi, deyiladi kompaniya xabarida.
Shuningdek, Isroilning Walla nashri Swiss Air, Austrian Airlines, Turkish Airlines, LOT, Wizz Air, Air Baltic aviakompaniyalarining reyslari bekor qilingani haqida xabar berdi.
United Airlines aviakompaniyasining San-Fransiskodan uchgan samolyoti parvoz vaqtida ortiga burilib, Qo‘shma Shtatlarga qaytib ketdi. Wizz Air aviakompaniyasining Debretsen shahridan Isroilga uchgan samolyoti mamlakatdagi vaziyat tufayli Kiprga qo‘ndi.
2023 yil 7 oktyabr kuni HAMAS G‘azo sektoridan Isroilga yirik raketa hujumi uyushtirdi. Isroil shaharlarida yong‘inlar boshlandi. HAMAS harakati a’zolari Isroil harbiy bazasini egallab oldi. Bazada bo‘lgan isroillik askarlar halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026