Bugun SSSR davri haqida gap ketganda ayrim yurtdoşlarimiz «jinoyatçilik yöq edi, odamlar farovon yaşardi» deyişadi. Odamlarning qançalik «farovon» yaşagani bu alohida mavzu. SSSRda jinoyatçilik yöq edi degan gap yolğon.

Zöravonlik ustiga qurilgan bu davlatda har yili köplab jinoyatlar sodir etilardi. Biroq bu haqda odamlarga bildirilmas, ular ommadan yaşirilardi.

Çingiz Aytmatovning 1980-yil örtalarida çop etilgan «Qiyomat» romanini eslaylik. Roman qahramoni Avdiy Kalistarov viloyatdagi boş gazetada muxbir bölib işlaydi va Qozoğiston çöllarida ösib turgan yovvoyi naşa SSSRning turli hududlariga qanday tarqatilayotgani haqida maqola qilmoqçi böladi.

Avdiyni Qozoğistonga yuborgan gazeta boş muharriri yigit maqolani yozib borganidan söng uni çop etişni xohlamaydi. Çunki öşa paytlarda SSSRda giyohvandlik avj olayotgani va yoşlar orasida bu zahri qotilni iste’mol qiluvçilar köpayib borayotgani zör berib yaşirilardi.

Odamlarga «SSSRda odamlar baxtli va farovon yaşayapti, giyohvandlik, jinoyatçilik umuman yöq deb uqtirilardi. Aslida esa giyohvandlik ham bor edi, jinoyatçilik ham.

Masalan, 1980-yillar boşida jinoiy guruh köplab uruş faxriylarini öldirib, qimmatbaho orden va medallarini olib ketganda bu iş ham boşqa jinoyatlar kabi ommadan yaşiriladi.

Sovet davrida ommadan yaşirilgan juda köp voqea va hodisalar zulm saltanati – SSSR parçalanib ketgandan söng oşkor böldi. Jumladan, uruş faxriylarining öldirib ketilişi ham.

Qotillik haqida xabar

1983 yilda SSSRdagi markaziy gazetalardan bir neçtasi Smolensk viloyati Ugran tumani Baskakov qişloğida sodir bölgan jinoyat haqida yozib çiqadi. Ma’lum bölişiça, noma’lum şaxslar ikki nafar uruş faxriysini öldirib, ularning barça orden va medallarini olib ketişgan.

Köp ötmay Moskvada yaşovçi Sovet ittifoqi qahramoni, vitse-admiral Georgiy Xolostyakov va uning rafiqasi ham öldirib ketiladi. Şundan söng aholi orasida vahima tarqaladi.

Uruş faxriylarining öldirilişi hatto xorijda ham ovoza böladi va AQŞda çop etiladigan Los-Anjyeles Tayms gazetasida «SSSRda Brejnevning döstlarini öldirişni boşlaşdi» degan xabar beriladi.

Amerikaliklarning bunday sarlavha qöyişiga ham qisman asos bor edi. 1982 yil 10 noyabr kuni Leonid Brejnev vafot etgaç uning örniga SSSR rahbari bölgan sobiq KGB rahbari Yuriy Andropov mamlakat böylab juda katta tozalaş ötkazadi.