Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS G‘azoga yangi hujumlar uyushtirilsa, garovdagi isroilliklarni qatl etish bilan tahdid qildi
Ammo Isroil garovga olinganlar xavf ostida bo‘lsa ham, G‘azo sektoridagi HAMAS pozitsiyalariga zarba berishda davom etishini ma’lum qildi.
Foto: Reuters
HAMAS guruhi Isroilning G‘azo sektoriga ogohlantirishsiz uyushtirgan zarbalariga javoban garovga olinganlarni qatl etishni boshlash bilan tahdid qildi. Bu haqda HAMAS harbiylashtirilgan qanoti bo‘lmish «Izzaddin al-Qassam» brigadalari vakili ma’lum qildi, deb yozdi The Times of Israel.
«Bundan buyon o‘z uylaridagi xalqimizga ogohlantirilmasdan qilingan har qanday hujum, garovga olingan fuqarolarning qatl etilishi bilan kutib olinadi, bu video va audio orqali efirga uzatiladi», dedi guruh vakili Abu Ubayda.
Biroq, Binyamin Netanyaxu hukumatidagi yuqori martabali manba jurnalistlarga aytganidek, Isroil garovga olinganlar xavf ostida bo‘lsa ham, G‘azo sektoridagi HAMAS pozitsiyalariga zarba berishda davom etadi.
Suhbatdoshning aniqlik kiritishicha, agar Isroil mudofaa kuchlari garovga olinganlarning joylashuvi haqida aniq razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lsa, harbiylar bu yerga hujum qilishdan tiyiladi. Ammo bunday ma’lumot kelguniga qadar Isroil barcha HAMAS nishonlariga hujum qiladi.
Qayd qilinishicha, HAMAS vakillari kamida 130 nafar isroillikni garovga olgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
09:26 / 28.01.2026
Netanyahu: G‘azo sektorida Falastin davlati bo‘lmaydi
12:50 / 27.01.2026
Tramp: Hamas so‘nggi jasadni topishga yordam berdi, endi qurolsizlanishi kerak
21:02 / 26.01.2026
Isroil G‘azoda garovdagi so‘nggi odamning jasadini topdi va qaytardi
13:29 / 22.01.2026