09:09 / 10.10.2023
5849

BMT missiyasi Qorabog‘ga ikkinchi bor tashrif buyurdi

BMT missiyasi Qorabog‘ga humanitar vaziyatni o‘rganish uchun yetib keldi. Jahon tashkilotining mashinalari Agdamdan Xonkendigacha bordi.

Foto: armenpress.am

BMTning humanitar vaziyatni o‘rganayotgan missiyasi yana Qorabog‘ga yetib keldi. 9 oktyabr, dushanba kuni ertalab jahon tashkiloti missiyasi avtomobillari Agdamdan Xonkendiga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda Ozarboyjon matbuoti. 

Bu BMT missiyasining Qorabog‘ga ikkinchi safari. Birinchisi 1 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi, bu missiyaning bo‘lginchi Ozarboyjon viloyatiga so‘nggi 30 yil ichida birinchi tashrifiga aylandi. Armaniston Tashqi ishlar vazirligi shundan so‘ng BMT delegatsiyasining tashrifini, shuningdek, safar yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotni «chuqur xavotir va umidsizlik bilan qabul qildi». Idoraning ta’kidlashicha, bu safar Ozarboyjon tomonidan «o‘z qarashlarini targ‘ib qilish uchun» ishlatilgan. 

Ozarboyjonning Qorabog‘dagi harbiy operatsiyasi 

19 sentabr kuni Ozarboyjon Qorabog‘da bo‘lginchi hudud ustidan nazoratni tiklash maqsadida «aksilterror operatsiyasi» boshladi. Ertasi kuni Boku va tan olinmagan Qorabog‘ respublikasi rasmiylari o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib oldi. 

5 oktyabr kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabog‘ni Ozarboyjon hududi sifatida tan olish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. 

Mavzuga oid
Top