Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda 5,2 magnitudali yangi zilzila sodir bo‘ldi
Zilzila episentri Toshkentdan 903 km janubi-g‘arbda.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 11 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:42 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 35,25 gradus shimoliy kenglik; 62,25 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=5,2. Chuqurlik 200 km. Zilzila episentri Toshkentdan 903 km janubi-g‘arbda.
7 oktyabr kuni ertalab Afg‘onistonda 6,2 magnitudali zilzila qayd etildi, uning episentri 272 ming kishi istiqomat qiluvchi Hirot shahridan 42 km shimoli-g‘arbda joylashgan.
Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Birinchi zilziladan keyin 4,3 dan 6,3 ballgacha bo‘lgan yana bir necha silkinishlar sodir bo‘ldi.
Hodisa oqibatida 2400 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Qutqaruvchilarning taxminicha, odamlar vayronalar ostida qolayotgani sababli qurbonlar soni ortishi mumkin.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026