«Gazprom neft» O‘zbekiston bilan quduqlarni burg‘ilash bo‘yicha kelishuvga erishdi
«Gazprom neft» bilan hamkorlik «O‘zbekneftgaz»ga quduqlarni burg‘ilash vaqtini 20 foizdan ko‘proq qisqartirish imkonini berishi mumkin.
Rossiyaning «Gazprom neft» kompaniyasi O‘zbekiston konlarida quduqlarni burg‘ilash jarayonlarini optimallashtirishga yordam beradi. «Rossiya energetika haftaligi» forumi doirasida kompaniya «O‘zbekneftgaz» AJ bilan tegishli shartnoma imzoladi.
«Gazprom neft» bilan hamkorlik «O‘zbekneftgaz»ga quduqlarni burg‘ilash vaqtini 20 foizdan ko‘proq qisqartirish imkonini berishi kutilmoqda.
Shartnomada «O‘zbekneftgaz» konlarida quduqlarni qurish va ulardan foydalanish uchun «Gazpromneft-Noyabrskneftegaz» loyihasi operatori tomonidan muhandislik yondashuvlari va yechimlari kompleksi ishlab chiqilishi belgilab qo‘yilgan. Bu burg‘ilashning texnologik nazorati, burg‘ilash uskunalari auditi, shuningdek, quduqlar dizaynini o‘zgartirish va burg‘ilash suyuqliklarining optimal formulasini tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
«Gazpromneft-Noyabrskneftegaz» - «Gazprom neft» kompaniyasining sho‘’ba korxonasi. Kompaniya Yamalo-Nenets va Xanti-Mansi avtonom okrugidagi 37 ta konda neft va gaz qazib oladi.
Mavzuga oid
15:35 / 05.11.2024
Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlik 5 yilga qamaldi
09:50 / 05.11.2024
Rossiya KXDRga harbiy yordam uchun 600 000 tonna guruch taklif qilmoqda
09:30 / 05.11.2024
Rossiyadagi «vatanparvarlik aksiyalari» 91 mlrd rublga tushdi
01:01 / 05.11.2024