Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakili tayinlandi
Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YuNeSKO huzuridagi doimiy vakili lavozimiga tayinlandi. Bungacha u prezident administratsiyasi mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Foto: Dunyo AA
O‘zbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakili etib tayinlangan Kamol Muxtorov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Kamol Muxtorov 42 yoshda. U Samarqand davlat universiteti va London diplomatik akademiyasini tamomlagan.
2007 yildan boshlab Investitsiya, sanoat va savdo, Tashqi ishlar vazirliklari tizimida ishlagan. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2019 yildan buyon O‘zbekiston administratsiyasida mas’ul lavozimlarda ishlab kelayotgan edi.
Kamol Muxtorov 2018-2023 yillarda YuNeSKOdagi doimiy vakillikni boshqargan va iyul oyida O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangan Umid Shodiyev o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
09:03 / 15.04.2026
O‘zbekiston Zomin tog‘larini YuNeSKO ro‘yxatiga kiritish jarayonini boshladi
08:54 / 30.03.2026
Kitob geoparki YuNeSKO ro‘yxatiga kirishi mumkin
21:15 / 11.12.2025
Sumalak tayyorlash YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
13:00 / 11.12.2025