BBC muxbiri Ruşdi Abu Aluf sönggi kunlarda HAMAS hujumiga javoban muttasil tarzda öqqa tutilayotgan Ğazo sektorida bölib, mahalliy aholi vakillari bilan suhbatlaşdi.

«Biz qayerga borişimiz kerak? Hududimizda tinç va çiroyli, xavfsiz joy qoldimi?» — deya söraydi mendan Rimaldagi köp kvartirali uylardan birida yaşovçi kişi kinoya bilan.

Bu yerda ötkazilgan yetti soat hayotimdagi eng oğir damlar böldi. HAMASning Isroil janubiga misli körilmagan hujumiga javoban Isroil jangovar samolyotlari zarbalarning yana bir seriyasini amalga oşirdi.

Bombardimon önlab turar joylar, telekommunikatsiya kompaniyalari ofislari va Ğazodagi Islom universiteti binosiga jiddiy şikast yetkazdi.

Bu hudud yakşanbadan duşanbaga ötar keçasi ham butun tun davomida qörqinçli portlaşlardan zirillagan. Hammayoqdan bolalarning yiğisi eşitiladi, hamma mijja qoqmay çiqadi. Ğazoning eng farovon va tinç hududi bölgan Rimal aholisi bu tunni uzoq vaqtgaça unuta olmaydi.

Tong otişi bilan zarbalar intensivligi pasayadi va mahalliy aholi vakillari vayrongarçilik kölamini anglay boşlaydi.

Ğazoning janubi-ğarbiy qismida joylaşgan kvartal infratuzilmasi jiddiy şikastlangan, bu yerdan olib çiquvçi yöllar tösilib qolgandi.

Men tuman böylab harakatlanar ekanman, bu yerda zilzila bölgandek tasavvur uyğonardi.

Atrofda binolarning qoldiqlari, singan oynalar va quvurlarning uzilib ketgan qismlari soçilib yotardi. Vayrongarçilik kölami şunday ediki, men bu yerdagi uylarning ba’zilarini umuman tanimadim.

«Men barçasidan ayrildim. Beş farzandim yaşagan kvartira şu yerda joylaşgandi. Binoning pastki qavatida joylaşgan oziq-ovqat dökonim butunlay vayron böldi», — deydi qölida öz qizi Şahdni kötarib olgan mahalliy aholi vakili Muhammad Abu al-Kass.

«Biz qayerga boramiz? Bizda endi iş ham, boşpana ham yöq», — deya qöşimça qilgan u.

«Mening uyim va dökonim harbiy nişonmi, Isroil?» — deydi va oddiy fuqarolarni öqqa tutmasligini aytib keladigan isroillik harbiylarni ikkiyuzlamaçilikda ayblaydi.

Isroil armiyasi har kuni Ğazo böylab yuzlab zarbalar bermoqda
Foto: ALI JADALLAH/ANADOLU

Falastin soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, isroillik harbiylarning duşanba kungi aviazarbalari oqibatida 300 kişi halok bölgan, şundan uçdan ikki qismi – tinç aholi vakillaridir.

Bu kun sönggi yillardagi eng köp ölim kuzatilgan kunga aylandi.

Kunning ikkinçi yarmida Ğazoning şimoli-şarqida joylaşgan, aholi juda ziç yaşaydigan Jabaliya qoçqinlar lagerida ham 15 kişi halok bölgan.

Isroillik harbiylar HAMAS qömondoni uyiga hujum uyuştirganini ma’lum qilgan, ammo qöşni uylar hamda yaqindagi bozorda bölgan odamlar ham zarba oqibatida halok bölişgan.

Gumanitar inqiroz kuçayib bormoqda

Ğazo sektoridagi soğliqni saqlaş tizimi «halokat yoqasida». Bu haqda Falastin soğliqni saqlaş vazirligining Ğazo sektoridagi vakili Ashraf al-Kudraga asoslangan holda CNN xabar berdi. Uning sözlariga köra, şifoxonalarning intensiv terapiya bölimlarida yangi bemorlar uçun böş joylar qolmagan, yaradorlar soni esa operatsiya zallari imkoniyatlaridan ortiqni taşkil etmoqda.

HAMASning Isroilga hujumidan keyin Ğazoda halok bölganlar soni 1,3 mingdan oşdi
Foto: ASHRAF AMRA/ANADOLU

Qizil Xoç xalqaro qömitasi Ğazodagi şifoxonalar Isroil blokadasi doirasida elektr energiyasi öçişi ortidan «ölikxonalarga aylaniş xavfi ostidaligi»dan ogohlantirgan.

Falastin soğliqni saqlaş vazirligining sönggi ma’lumotlariga köra, 1354 nafarga yetgan, şundan 300 dan ortiği bolalar. 6 mingdan ortiq kişi yaralangan.

Aholisi haddan taşqari köp bölgan uşbu kiçik hududda şusiz ham oğir bölgan gumanitar inqiroz yanada çuqurlaşmoqda.

HAMAS hujumiga javoban Isroil «töliq qamal» joriy etib, barça yetkazmalarni töxtatgaç, Ğazoda yaşovçi 2,2 milliondan ortiq aholi oziq-ovqat, yonilği, elektr va suv tanqisligini boşdan keçirmoqda.

HAMAS a’zolarining 7 oktyabr kuni Isroilga uyuştirgan hujumi oqibatida 1300 dan ortiq kişi halok bölgan, minglab kişilar yaralangan, yana 150-200 kişi garovga olingan.

«XXI asrda biz suv va elektrsiz yaşaşimizni tasavvur qila olasizmi? Farzandim uçun tagliklar qolmadi va faqat yarim şişa sut bor», — deydi mahalliy aholi vakillaridan biri Vaad al-Muğrabi Rimalda uning uyi yonida vayron bölgan binolarga qarab turib.

«Isroilga mening çaqaloğim hujum qilganmidi?» – deya yozğiradi ayol.

Ğazoni tark etib ham bölmaydi

Ğazoda şanba kuni faoliyatini boşlagan supermarket eşiklari ortida uzun navbatlar hosil bölgan. Mojaro noma’lum muddatga çözilişidan xavfsirayotgan bu kişilar nimadir sotib olişdan umid qilişmoqda. Meva va sabzavotlarning asosiy qismi Ğazo janubida yetiştiriladi, yonilği yetişmovçiligi esa ularni hudud şimoliga yetkazib berişni qiyinlaştiradi.

Ayni vaqtda Ğazoga Misrdan oziq-ovqat va boşqa birlamçi zarur mahsulotlar kirib kelişi ham töxtagan, uşbu qöşni davlat sektorda 2007 yilda HAMAS öz hokimiyatini örnatganidan buyon xavfsizlik nuqtayi nazaridan Isroil bilan birgalikda bu yerni qat’iy blokada qiladi.

Seşanba kuni isroillik harbiylar Ğazo aholisiga bölajak zarbalar oldidan sektorni tark etişni taklif qildi.

Ammo Ğazo va Misr çegarasidagi yagona nazorat ötkaziş punkti bölgan «Rafah» — bir kun ötib yopib qöyildi, isroillik harbiylar uning sektor tomonidagi qismiga zarba yöllaganidan keyin Misr hukumati xavfsizlik nuqtayi nazaridan şunday qarorga kelgan. Bungaça ham punkt orqali kuniga faqat 400 kişi ötişi mumkin edi, endi Ğazoni tark etiş amalda imkonsiz işga aylandi.

Isroil va Ğazo çegarasi ham yopiq. Isroil harbiy-havo kuçlari sohil çiziğini nazorat qilmoqda, şu tufayli qayiqlar orqali suzib ketiş ham öta xavfli.

Payşanba kuni Qizil xoç xalqaro qömitasining yuqori martabali mulozimi Fabritsio Karboni Ğazo sektoridagi
gumanitar vaziyat tezlik bilan «boşqarib bölmas» holatga ötayotganini ma’lum qildi.

Uruş boşlangaç öz uylarini tark etgan odamlarning aksar qismi BMT boşqaruvi ostidagi maktablarda yaşirinmoqda. Ayrimlar kelajagidan xavotirlanib bunday joylarga borib joylaşayotgan bölsa, qolganlarning tunaydigan boşqa joyi qolmagan.

Ğazoliklarning bir qismi binolarning yertölalarida yaşirinmoqda, lekin bu binolar qulasa, ular uçun tobutga aylanadi. Duşanbaga ötar keçasi yertölalardan birida 30 oila qamalib qolgan.

«Oldingi uruş vaqtida şaharning bu qismi Isroil bilan çegaradoş hududlarda yaşovçilar uçun xavfsizlik oroli vazifasini ötagandi», deydi Rimalda yaşovçi Muhammad al-Muğrabi.

Isroilning duşanba kuni keçqurun yöllagan zarbalari endi Ğazodagi heç qaysi joy xavfsiz emasligini körsatdi.