Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Polsha mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni kengaytiradi
Toshkentda O‘zbekiston va Polsha Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Polsha Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tadbir davomida O‘zbekiston-Polsha hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Siyosiy muloqotni, xususan, tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash orqali yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Polshaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishga ikki tomon ham tayyorligi tasdiqlandi. Kimyo, to‘qimachilik sanoati hamda qishloq xo‘jaligiga oid investitsiya salohiyati va istiqbolli loyihalari takliflari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Madaniy-humanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, ikki mamlakat ilmiy va ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar turizm sohasida sheriklikni rivojlantirish, ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirish, mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildi.
Mavzuga oid
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
20:27 / 26.06.2026