Iqtisodiyot | 16:26 / 17.10.2023
23900
2 daqiqa o‘qiladi

Humo to‘lov tizimi bilan yana muammolar yuzaga keldi

Humo terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda muammolar kuzatilmoqda. To‘lov tizimi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, nosozlik yaqin vaqtlarda bartaraf etilishini ma’lum qildi.

Foto: Fotolia

Humo kartalari yordamida terminallar bilan to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani haqidagi xabar tarqaldi. To‘lov tizimi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, nosozlik yaqin vaqtlarda bartaraf etilishini ma’lum qildi.

“Hozirgi vaqtda to‘lov tizimi terminallarida to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar kuzatilmoqda. Yuzaga kelgan holat bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda va yaqin orada barcha nosozliklar bartaraf etiladi. Shu bilan birga eslatib o‘tamizki, mobil ilovalar va Humo bankomatlari odatiy tartibda ishlamoqda”, deyiladi xabarda.

Rasmiy bayonotda mobil ilovalar odatiy tartibda ishlayotgani aytilgan bo‘lsa-da, ayni paytda Kun.uz muxbirining ilova orqali amalga oshirgan Uzcard kartasidan Humo kartasiga pul o‘tkazmasi bir soatdan oshiqroq vaqtdan buyon “osilib” turibdi: o‘tkazuvchi kartadan mablag‘ yechib olingan, lekin Humo karta balansiga hali kirim bo‘lganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, oy boshida Humo kartalari orqali onlayn to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda bir necha kunlik nosozliklar kuzatilgandi.

Mavzuga oid