Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi aeroportlar hujum xavfi tufayli evakuatsiya qilindi
Olingan tahdidlar tufayli Fransiyaning o‘nta aeroporti faoliyati to‘xtatildi. Barcha holatlarda signal noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
Fransiyada 18 oktyabr, chorshanba kuni hujum tahdidi tufayli bir qator aeroportlar evakuatsiya qilindi. Ulardan ba’zilari tekshiruvdan so‘ng yana normal ish faoliyatini boshladi. Umuman olganda, mamlakat bo‘ylab kamida o‘nta aeroport zarar ko‘rdi, ammo ogohlantirish Parijning ikkita xalqaro aeroportiga - Orli va Sharl-de-Goll aeroportlariga taalluqli bo‘lmadi.
Shu bilan birga, Parij yaqinidagi Nant, Nitssa, Tuluza va Bove aeroportlari elektron pochta orqali tahdidlar kelib tushganidan keyin evakuatsiya qilindi. Nitssa, Lion va Lill aeroportlarida qisqa tanaffusdan so‘ng normal faoliyat qayta tiklandi. Aeroport ma’muriyatining ta’kidlashicha, Nitssada signal shubhali chamadon tufayli yuzaga kelgan. Strasburg aeroporti ham elektron pochta orqali kelib tushgan tahdiddan keyin evakuatsiya qilingan.
Yevropa havoda navigatsiya xavfsizligi tashkiloti (Eurocontrol) ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiyadagi to‘rtta aeroport tushgacha yopiq qolgan – Tuluza, Bove, Bordo va Po. Bundan tashqari, politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Versal saroyi so‘nggi bir necha kun ichida xavfsizlik nuqtai nazaridan uchinchi marta evakuatsiya qilingan.
Terrorchilik tahdidining maksimal darajasi
Fransiyada 13 oktyabr, Arras shahridagi maktabda o‘qituvchi Dominik Bernar o‘ldirilganidan beri terrorchilik tahdidining maksimal darajasi amalda. O‘shandan beri Parijdagi Luvr muzeyi va o‘qituvchi pichoq bilan o‘ldirilgan Arras litseyida evakuatsiya e’lon qilindi, ammo barcha signallar yolg‘on bo‘lib chiqdi.
Fransiyada butun mamlakat bo‘ylab yetti minggacha askar joylashtirilgan. Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush fonida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Mavzuga oid
09:25
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
17:55 / 02.07.2026
Bugatti chinni qoplamali noyob avtomobilni taqdim qildi
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026