Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy komissiya Qozog‘istonda qullikka tushib qolgan 60 nafar o‘zbekistonlikka yordam beradi
Holat Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olingani aytildi.
O‘zbekistonlik fuqarolarning Qozog‘iston hududida noqonuniy ushlab turilgani hamda ularning majburiy mehnatga jalb qilingani bo‘yicha aniqlangan holat Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olindi.
Qayd qilinishicha, holat ikki davlat huquq tartibot organlari tomonidan hamkorlikda o‘rganilishi, aybdor shaxslarga nisbatan huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
Bundan tashqari, mazkur holatdan jabrlangan shaxslarning hujjatlari qaytarib olinishi, zarur holda qayta tiklanishi, O‘zbekistonga qaytarilishi, zarur tibbiy, ijtimoiy, psixologik xizmat ko‘rsatilishi hamda ularning O‘zbekistonda ish bilan ta’minlanishi Milliy komissiya tomonidan qat’iy nazoratga olinishi aytilmoqda.
Avvalroq, Qozog‘istonning Chimkent viloyatida qullikda ushlab turilgan va g‘isht zavodida ishlatilgan 60 nafar o‘zbekistonlik ozod qilingani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi To‘qayevga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi
08:50 / 07.07.2026