O‘zbekiston | 08:52 / 20.10.2023
5800
6 daqiqa o‘qiladi

Beeline Uzbekistan Navoiy viloyatida VoLTE texnologiyasini keng miqyosda ishga tushirishni boshlamoqda

Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline Uzbekistan mijozlari smartfonlaridagi tiniq tovushlar bosqichma-bosqich mamlakatimizning barcha hududlarida mavjud bo‘la boshlaydi. Hozirda xizmat Navoiy shahri va Navoiy viloyatida yo‘lga qo‘yilgan. VoLTE texnologiyasini keng miqyosda ishga tushirish ishlari kuz faslining oxirigacha yakunlanadi.

Voice over LTE yoki VoLTE texnologiyasi — ovozli aloqa va mobil internet integratsiyasida katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Do‘stlaringiz yoki yaqinlaringiz bilan suhbatlashish uchun endi to‘rtinchi avlod tarmog‘ini tark etishingiz shart emas — sizning ovozingiz xuddi Internet-trafik kabi "qadoqlangan" bo‘ladi. Bu sizga 4G/ LTE tarmog‘idan chiqmasdan qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishni va shu bilan birga yuborilgan fotosuratlarni darhol ko‘rish yoki onlayn xaritada uchrashuv joyini tekshirish uchun internetdan foydalanish imkonini beradi. VoLTE abonentlarning ulanishini bir zumda amalga oshiradi, chunki qo‘ng‘iroqni GSM yoki UMs tarmog‘iga o‘tkazish va unga vaqt sarflashning hojati bo‘lmaydi.

VoLTE yangi texnologiyasini mamlakatda birinchilardan bo‘lib ishga tushirish uchun Beeline Uzbekistan, O‘zbekistonning iqtisodiy jadal rivojlanayotgan hududlaridan biri — Navoiy viloyatini tanladi. Hozirda raqamli operator bazaviy stansiyalarda allaqachon o‘rnatilgan uskunani sinovdan o‘tkazmoqda. Respublikadagi barcha “ Beeline” mijozlari noyabr oyi so‘ngiga kelib qo‘ng‘iroq paytida 4G tarmog‘ida to‘liq sayr qilishlari va telekommunikatsiya sohasida an’anaviy ravishda "billur tovush" deb ataladigan tiniq VoLTE tovushini baholashlari mumkin bo‘ladi.

“Barcha zarur ruxsatnomalarni olganimiz va tayanch stansiyalarda uskunani sinovdan o‘tkazganimizdan so‘ng biz VoLTE’ni hududlarda imkon qadar tezroq faollashtirishga qaror qildik. Ushbu loyihani yo‘lga qo‘yishimiz juda tez muddatda, aniqrog‘i bir nechta haftada amalga oshiriladi. Bu texnologiyaning ishga tushirilishi mijozlarimizga 4G tarmog‘ining afzalliklarini to‘liq his qilish imkonini beradi”, — deydi “Beeline Uzbekistan” texnik direktori Mahmudjon Nodirov.

Texnologiyadan foydalanishingiz uchun sizga VoLTE'ni qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon va 4G (Usim) qo‘llab-quvvatlanadigan SIM-karta kerak bo‘ladi. Ko‘pgina hollarda, VoLTE avtomatik ravishda raqamli operator abonentlarining telefonlarida ishlay boshlaydi. Agar bu sodir bo‘lmasa, sozlamalarda ushbu amalni o‘zingiz faollashtirishingiz kerak.

Android OS bilan ishlaydigan qurilmalar uchun bu quyidagicha amalga oshiriladi: "Sozlamalar" - "Ulanishlar" - "Mobil tarmoqlar" - "Tarmoq rejimi". Oxirgi xatboshida siz "LTE" ni tanlashingiz va "VoLTE" ni faollashtirishingiz kerak.

iOS smartfonlari uchun: "Sozlamalar" - "Aloqa" - "Parametrlar" - "Ovoz va ma’lumotlar" - "VoLTE" funksiyasini yoqing, bu yerda "LTE" ni tanlashingiz va "VoLTE" tugmasini faollashtirishingiz kerak. Ko‘pgina iPhone modellari VoLTE'ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Texnologiyaning ishlashini tekshirish uchun istalgan raqamga qo‘ng‘iroq qilish kifoya. Ulangandan so‘ng, smartfon ekranida LTE yoki VoLTE belgisi paydo bo‘lishi kerak.

“Biz ilg‘or texnologiyalardan foydalanishni barcha foydalanuvchilar uchun imkon qadar qulayroq qilishga intilamiz. VoLTE xizmati orqali tiniq ovoz hamda tezkor internet mijozlarimiz o‘rtasidagi muloqotni yangi bosqichga ko‘tarishga yordam beradi”, — deya izoh beradi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.

4G tarmog‘ida tiniq ovoz va tezkor internetdan bahramand bo‘lishga tayyorlaning!

Dijital-operator saytida smartfoningizda VoLTE texnologiyasi ishlashini tekshirishingiz va faollashtirish usullari haqida ko‘proq ma’lumot olishingiz mumkin.

***

“Unitel” MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi

VEON 6 jadal rivojlanib borayotgan mamlakatda 160 milliondan ziyod foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan'da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. “Unitel” MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline Uzbekistan'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama

Mavzuga oid