Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil harbiylari HAMAS harakatiga qarshi uch bosqichli harbiy kompaniyani rejalashtirmoqda
Yakuniy maqsad G‘azo sektorida yangi xavfsizlik rejimini yaratish ekani aytilmoqda.
Isroil mudofaa kuchlari Falastinning HAMAS harakatiga qarshi uch bosqichda harbiy kampaniya o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.
«Biz hozir birinchi bosqichda turibmiz - harbiy operatsiya havo hujumlarini, keyin esa quruqlikdagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi, uning maqsadi HAMAS jangchilarini o‘ldirish va harakatni yo‘q qilish uchun infratuzilmaga zarar yetkazishdir», dedi Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi bosqichda isroillik harbiylar jang qilishda davom etadi, ammo yuqori sur’atda emas. Bu bosqichda «qarshilik o‘choqlari» yo‘q qilinishiga e’tibor qaratiladi.
«Uchinchi bosqich G‘azo sektorida yangi xavfsizlik rejimini yaratishni o‘z ichiga oladi (...) shuningdek, Isroil fuqarolari va G‘azo sektori atrofidagi aholi uchun yangi xavfsizlik sharoiti yaratiladi», deb qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026