Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning «Texnonikol» kompaniyasi O‘zbekistonda 160 milliard so‘mlik zavod quradi
Korxonada issiqlik izolyatsiyalovchi plitalar ishlab chiqariladi.
Rossiyaning qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi «Texnonikol» kompaniyasi Angrenda zavod qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.
Issiqlik izolyatsion materiallarini ishlab chiqaruvchi zavod 2025 yil boshidan ishga tushishi rejalashtirilmoqda. Loyihaga kamida 1,3 milliard rubl (160 milliard so‘m) sarmoya kiritilishi nazarda tutilgan. Zavod yiliga 300 ming kub metrga yaqin tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.
«Korxona O‘zbekiston qurilish bozorini zamonaviy, ishonchli va sifatli materiallar bilan ta’minlaydi, ularga mintaqada ehtiyoj seziladi», dedi «Texnonikol» kompaniyasining hammuassisi Sergey Kolesnikov.
«Texnonikol» 1992 yilda Sergey Kolesnikov va Igor Ribakov tomonidan tashkil etilgan. 2020 yilda Forbes reytingiga ko‘ra u Rossiyaning eng yirik xususiy kompaniyalari orasida 115-o‘rinni egalladi. «Texnonikol» turli mamlakatlarda, jumladan, Rossiya, Belarus, Litva, Italiya, Polsha, Buyuk Britaniya va Germaniyada ishlab chiqarish zavodlariga, shuningdek, ilmiy bo‘limlar, vakolatxonalar va o‘quv markazlariga ega.
Mavzuga oid
18:58 / 13.03.2026
Angrenda 14 yoshli qizni zo‘rlagan 4 kishi ozodlikdan mahrum qilindi
10:10 / 28.02.2026
“Hovlimizda doim bahor” – angrenlik qulupnaychi
08:36 / 19.11.2025
Angrenda zo‘ravonlikka uchragan qiz bo‘yicha jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda
18:39 / 29.10.2025