Yunusobod metro yo‘nalishida harakat 30 daqiqa to‘xtab qoldi
Shahriston metro bekatidan yo‘lga chiqishi kerak bo‘lgan poyezdda texnik nosozlik aniqlangan. Shu sababli poyezd yarim soat davomida yo‘nalishga chiqa olmagan. Oqibatda metroda intervallar uzayib ketgan.
Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasidagi metro bekatlaridan birida 23 oktyabr kuni poyezd harakatdan to‘xtagani va yo‘lovchilar harakat tarkibining ichidan chiqarib yuborilgani aks etgan videolar yuzasidan «Toshkent metropoliteni» izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 09:46 lar atrofida Shahriston metro bekatining aylanma yo‘lidan harakatga chiqishi kerak bo‘lgan 64-sonli poyezdning havo kompressorida texnik nosozlik aniqlangan.
«Holat yuzasidan tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi soat 10:17 da harakatlana boshlagan. Bu esa, yo‘nalishda belgilangan vaqt intervallari uzayishiga olib kelgan», – deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etilishicha, hozirda poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda. «Toshkent metropiliteni» keltirilgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Poytaxt metrosida bunday nosozlik birinchi marta kuzatilmayapti. 4 oktyabr kuni Chilonzor yo‘nalishining «Chinor» (5-bekat) bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan poyezdning tormoz tizimida texnik nosozlik kuzatilgandi.
Keyinroq «Milliy bog‘» bekatida poyezd buzilib qolib, 20 daqiqa davomida harakatlanishdan to‘xtab qolgan edi.
11 oktyabr kuni AOKAda metropoliten xodimlari ishtirokida o‘tgan anjumanda metro tasarrufida hozirgi kunda 256 ta vagon borligi, shularning 75 foizi xizmat qilish muddati o‘tgan bo‘lgani ma’lum qilingan. Qolaversa, anjumanda rasmiylar poytaxt metro bekatlarining ventilyatsiya tizimi ham eskirganini aytgandi.
Mavzuga oid
08:08 / 08.11.2024
Yunusobodda bir kunda ikkita YTH sodir bo‘ldi
13:40 / 20.08.2024
Toshkentda qalbaki AQSh dollarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
13:02 / 23.07.2024
Yunusobod tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
21:47 / 03.07.2024