Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil G‘azodagi quruqlik operatsiyasini bekor qilish shartlarini aytdi
Agar garovdagilar ozod qilinsa, quruqlikdagi operatsiya bekor qilinishi mumkin.
Foto: AFP
Agar HAMAS barcha garovdagilarni ozod qilsa va so‘zsiz taslim bo‘lsa, Isroil G‘azo sektoridagi quruqlik operatsiyasidan voz kechishga tayyor. Bu haqda Isroil Mudofaa kuchlari (TsAXAL) matbuot kotibi Jonatan Konrikus ma’lum qildi.
«Agar HAMAS tinch aholi ortida yashiringan joylaridan chiqib, hozirda garovda ushlab turilgan 212 nafar insonni qaytarib, so‘zsiz taslim bo‘lsa, urush tugaydi. Agar ular buni qilmasa, biz borib, o‘zimiz qilishimizga to‘g‘ri keladi», dedi podpolkovnik Konrikus.
Shu bilan birga, Konrikus TsAXAL uchun qaysi maqsad ustuvorroq – garovga olinganlarni ozod qilishmi yoki HAMAS harakatini yo‘q qilishmi degan savolga aniq javob bera olmadi.
G‘azo sektoridagi harbiy operatsiya juda yaqin vaqt ichida boshlanishi aytilmoqda. Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant so‘zlariga ko‘ra, quruqlik operatsiyasi taxminan uch oy davom etishi mumkin. Oxir-oqibat HAMAS yo‘q qilinishi kerak, dedi u.
Mavzuga oid
13:29
Isroil yana G‘azoga zarba berdi: 11 nafar falastinlik o‘ldirildi
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
13:11 / 19.01.2026
Orban Tramp taklif qilgan “Tinchlik kengashi” tarkibiga kirishga rozi bo‘ldi
08:40 / 17.01.2026