Hindiston «Bharat»ga aylandimi? Sönggi 100 yilda öz nomini özgartirgan davlatlar
|21:47 / 25.10.202323 61213 min
Joriy yil sentabrda Hindistonda G20 sammiti ötkazildi va unda kutilmagan holat mehmonlarni ajablantirdi. Hindiston öz uyida ötkazilayogan sammitda birinçi marta «Bharat» nomi bilan qatnaşdi. Bu davlat hali rasmiy ravişda öz nomini özgartirmadi. Biroq yaqin kelajakda India atamasi «Bharat»ga almaşişi mumkin.
Bugun dunyoda 200 ta atrofida davlat bor. Ularning 193 tasi BMTga a’zo. Bu davlatlarning 50 ga yaqini turli sabablar bilan sönggi 100 yilda öz nomini özgartirgan.
Bundan taşqari, XX asrda bir qança ittifoq davlatlar parçalanib ketdi va ayrim mamlakatlar nomi özgardi. Jumladan, Çexoslovakiya parçalanib, örnida Çexiya va Slovakiya taşkil topdi.
1991 yilda SSSR parçalanib, 15 ta respublika öz mustaqilligini e’lon qildi va sovetlar ega bölgan asosiy hududda Rossiya nomli davlat paydo böldi.
Xuddi şunday, bir qança ittifoqdoş respublikalardan taşkil topgan Yugoslaviya parçalangaç, örnida yettita mustaqil davlat taşkil topdi.
XX asr boşigaça Koreya imperiyasi deb tanilgan va bir muddat yaponlar mustamlakasi bölgan hududda ikkita davlat paydo böldi.
Şuningdek, ötgan asrda ikkita mamlakat birlaşgan holatlar ham böldi. Jumladan, 1980-yilgaça Germaniya federativ respublikasi va Germaniya demokratik respublikasi sifatida yaşab kelgan ikkita davlat yagona Germaniyaga birlaşadi.
1989 yilda GFR va GDR yagona Germaniyaga birlaşdi
Xuddi şuningdek, Afrika qit’asidagi Zanzibar va Tanganika birlaşib, Tanzaniya nomini oladi.
Quyida XX asrda bir neçta davlatlarning öz nomini özgartirişiga nima sabab bölganini körib çiqamiz.
Bangladeş
Bangladeş davlati 1971 yilda taşkil topgan. Ungaça bu davlat avvaliga Hindiston tarkibida bölgan va Şarqiy Bengaliya deb nomlangan.
Britaniya mustamlakasidan ozod bölgaç Pokiston tarkibiga kirgan va Şarqiy Pokiston deb atalgan. 1970 yilda Şarqiy Pokistonda mustaqillik uçun harakatlar boşlanib, referendum ötkaziladi.
Unda juda köpçilik Şarqiy Pokistonning mustaqil bölişi uçun ovoz beradi. Biroq Pokiston referendumni tan olmasligini ma’lum qiladi va mustaqillik tarafdorlari bölgan taniqli şaxslarni hibsga ola boşlaydi.
Bangladeş va Pokiston bir paytlar bitta davlat bölişgan.
Mavzuga oid
Oqibatda örtada qurolli mojaro kelib çiqadi. Şarqiy Pokistonda Pokiston armiyasi va qarşilik kuçlari örtasida janglar boşlanib ketadi.
1971 yil kuzda mojaroga Hindiston ham qöşiladi va Pokistonga aviazarbalar bera boşlaydi. Oxir-oqibat 1971 yil dekabrda Pokiston yengilganini tan oladi va Şarqiy Pokistonga mustaqillik berişga rozi böladi. 1971 yil 16 dekabr kuni Bangladeş davlati taşkil topgani e’lon qilinadi.
Belarus
«Belaya Rus» sözlari qöşilişidan paydo bölgan Belarusning nomi 1991 yil 17 sentabrgaça Belorussiya bölgan. Sovet davrida u şunday nomlangan edi. 1991 yil 25 avgust kuni mamlakat mustaqillikka erişgandan söng ham bir muddat mamlakat nomi Belorussiya bölib qoladi.
Belarusning nomi bir paytlar Belorussiya bölgan.
Oradan qariyb bir oy ötgaç 1991 yil 17 sentabr kuni mamlakat nomi Belarus respublikasi deb qayta nomlanadi. Öşanda belarus milliy harakati a’zolari mamlakat nomini Kriviya (hududning eski slavyança nomi) deb ataşni ham taklif etadi.
Mamlakat nomining özgarganiga 30 yildan oşgan bölsa-da, hanuzgaça MDHdagi rusiyzabonlarning aksariyati (ayniqsa rossiyaliklar) bu davlat nomini Belorussiya deb ataşda davom etmoqda.
Eron
Eron davlati öz tarixida yevropaliklarga mustamlaka bölmagan sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi. Bu davlat örta asrlardan 1935 yilgaça Fors davlati (Persiya) deb atalgan.
Öşa yili mamlakat nomi rasmiy ravişda Eron deb özgartirilgan. 1979 yilda sodir bölgan inqilobdan söng u Eron Islom Respublikasi deb qayta nomlangan.
Eronning rasmiy nomi 1935 yilgaça Persiya (Fors davlati) bölgan
Kambodja
1953 yilda mustaqil bölgan Kambodja 20-asrda nomini tört marta özgartirgan. 1953 yildan 1970 yilgaça uning nomi Kambodja qirolligi bölgan.
1970 yilda Kambodjada davlat töntarişi uyuştiriladi va uning nomi Kxamer Respublikasi deb özgartiriladi. Şundan söng mamlakatda fuqarolar uruşi boşlanadi.
Kambodjaning nomi bir paytlar Kampuçiya bölgan.
1975 yilda «Qizil kxamerlar» deb atalgan tomon ğalaba qozonadi va fuqarolar uruşi tugaydi. Mamlakat Kampuçiya nomini oladi. 1989 yilda davlat nomi qayta Kambodja deb ataladi va 1993 yilda yana konstitutsion monarxiyaga aylanadi.
Kongo
Markaziy Afrikadagi bu davlat 1960 yilda mustaqil bölgança turli nomlar bilan atalgan. Jumladan, 20-asr boşlarida Belgiya Kongosi deb ataşadi.
1960 yilda Kongo mustaqil bölgaç Kongo demokratik respublikasi deb ataladi. Ungaça bir muddat uni poytaxti nomi bilan qöşib Kongo-Brazzavil Respublikasi, Kongo-Leopoldvil Respublikasi (Leopoldvil-Kinşasaning avvalgi nomi) deb ataşadi.
Kongo demokratik respublikasi
Köp ötmay Kongoda harbiy diktatura örnatgan general uning nomini Zair Respublikasi deb özgartiradi. 1996 yilda mamlakat eski nomi Kongo demoktratik respublikasi deb qayta nomlanadi.
Madagaskar
Afrikadagi bu orol davlat 20-asr örtalarigaça Fransiya mustamlakasi edi. 1958 yilda Fransiya orolga muxtoriyat maqomini beradi va u Malagasiya Respublikasi deb nomlanadi.
1960 yilda muxtoriyat öz mustaqilligini e’lon qiladi. 1975 yilda uning nomi Madagaskar demokratik respublikasi deb özgartiriladi. Keyinroq 1992 yilda uning nomi Madagaskar respublikasiga aylanadi.
Madagaskar
Myanma
Myanma 20-asrning birinçi yarmida Britaniya mustamlakasi bölgan va 1948 yilda mustaqillikka erişgan. Öşa paytlarda mamlakat nomi Birma deb atalardi.
1988 yilda Birmada harbiylar davlat töntarişini amalga oşirişadi va hokimiyatni egallaydi. Oradan bir yil ötib, 1989 yilda uning nomi Myanma deb özgartiriladi.
Myanma
Şimoliy Makedoniya
Makedoniyaning uzoq yillik tarixi bor va antik davrda greklarning bir viloyati şu nom bilan atalgan. Ikkinçi jahon uruşidan söng Makedoniya ittifoqdoş respublika sifatida Yugoslaviya tarkibiga kiritiladi.
1991 yilda SSSR parçalanib ketgaç Yugoslaviya tarkibida bölgan ittifoqdoş respublikalar, şu jumladan Makedoniya ham öz mustaqilligini e’lon qiladi.
Keyinçalik Makedoniya NATOga a’zo bölişga ariza beradi. Biroq bu işga Gretsiya qarşi çiqadi va Makedoniyadan öz nomini özgartirişni talab qiladi. Çunki bu paytda Gretsiya şimolida Makedoniya provinsiyasi bor edi.
Şimoliy Makedoniyadan taşqari, Greytsiyada Makedoniya viloyati, Bolgariyada Pirin Makedoniyasi nomli tuman bor
Makedoniya Gretsiya talablari ustidan hatto Haagadagi xalqaro sudga ham murojaat qiladi. Sud Gretsiya Makedoniyaning NATOga a’zo bölişiga taqiq qöyişi mumkin emasligi haqida qaror çiqaradi. Biroq greklar bu qarorga parvo qilmaydi.
Oxir-oqibat Makedoniya 2019 yilda öz nomini Şimoliy Makedoniyaga almaştiradi. Şundan söng Gretsiya uning NATOga kirişiga rozi böladi.
Tayland
Tayland ham yevropalik mustamlakaçilar egallay olmagan kam sonli davlatlardan biri hisoblanadi. Bu davlatning nomi 20-asrning birinçi yarmigaça Siam deb atalgan.
1949 yilgaça Tayland rasmiy ravişda Siam deb atalgan
1932 yilda Siamda tinç inqilob amalga oşiriladi va mamlakatda konstitutsion monarxiya tizimi örnatiladi. 1939 yildan boşlab uni Tailand deb atay boşlaşadi.
1949 yilda bu davlat rasmiy ravişda Tailand nomini oladi. Hozirda mamlakatning rasmiy nomi Tayland qirolligi.
Turkiya
Bir paytlar turklarning özi va musulmon dunyosi Usmoniylar xalifaligi, yevropaliklar esa Usmoniylar imperiyasi deb atagan davlat Birinçi jahon uruşidan keyin Turkiya respublikasi nomini oladi.
Şundan söng Turkiyaning nomi ingliz tilida Turkey deb atala boşlanadi. Turkey sözi ingliz tilidan tarjima qilinganda kurka ma’nosini beradi.
Yaqingaça ingliz tilida xalqaro nomi Republic of Turkey bölgan Turkiya öz nomini Republic of Turkiye deb özgartirdi
Joriy yilda turklar mamlakatning xalqaro nomini özgartirişdi. Endi u ingliz tilida ham Turkey emas, Turkiye (Republic of Türkiye) deb atalmoqda va turklar barçadan mamlakat nomini şunday yozişni talab qilişmoqda.
Şri-Lanka
Tinç okeani şimolida, Hindiston janubi bilan çegarada joylaşgan bu davlat qadimda turli nomlar bilan atalgan. Hindlarning eski bitiklarida Lanka oroli, arablar, turklar va forslar uni Sarandib oroli deyişgan. Keyinçalik hindlar orolni Simhaladvipah deb atagan.
1505 yilda portugallar orolni egallaşadi va uni Cellao deb ataşadi. Bu sözni inglizlar Tseylon tarzida talaffuz qilişadi va orol şunday nom oladi.
1972 yilgaça Şri-Lankaning nomi Tseylon bölgan
1948 yilda Tseylon Britaniyadan mustaqillikka erişadi. 1972 yilda mamlakatda yangi konstitutsiya qabul qilinadi. Unda Tseylonning nomi Şri-Lanka respublikasi deb atalişi belgilab qöyiladi.
Esvatini
Afrikadagi bu davlat 2018 yilda Esvatini nomini oldi. Öşangaça u Svazilend deb atalgan. Svazilend uzoq yillar Britaniya mustamlakasi bölgan.
1968 yilda mustaqillikka erişgaç bu davlatda monarxiya joriy qilinadi va u Svazilend qirolligi deb atala boşlanadi.
Yaqingaça Svazilend deb atalgan Esvatini YuAR va Mozambik davlatlari örtasida joylaşgan
2018 yilda mamlakat qiroli Msvati Svazilendning nomini Esvatini qirolligi deb özgartirganini e’lon qiladi. Esvatini «svazilar yeri» degan ma’noni anglatadi.
Efiopiya
Efiopiya 20-asrning 70 yillarigaça Abissiniya deb atalgan. Abissiniya arabça «habaşat» sözidan olingan turkça Habeşistan (Habeşistan) atamasining amxar tilidagi özgargan körinişi hisoblanadi.
Aslida «habaş» sözi ivrit (yahudiy) tilidan olingan va arablarga ham şu körinişda ötgan.
Abissiniya Afrika qit’asida yevropalik mustamlakaçilardan eng tez ozod bölgan davlat hisoblanadi. U 19-asr oxirida mustaqil bölgandi.
Efiopiya
Şundan söng Abissiniya imperiya deb e’lon qilinadi. 1974 yilda Abissiniyada monarxiyaga qarşi qözğolon bölib ötadi. Imperator taxtdan ağdariladi. Köp ötmay mamlakat nomi ham Efiopiya deb özgartiriladi.
Yevropada Abissiniya atamasi sal avvalroq, 1945 yildan boşlab muomaladan çiqqan va ular bu davlatni Efiopiya deb atay boşlaşgan. Bu atamaning tarixi qadimgi grek tiliga borib taqaladi.
Tanzaniya
Bir paytlar Germaniya mustamlakasi bölgan Afrikadagi bu davlat ikkita alohida hududdan iborat edi. Uning asosan musulmonlar yaşaydigan qismi Zanzibar, ikkinçi qismi Tanganika deb atalardi.
Har ikkala hudud 1960-yillar boşida ozod böladi va biri Tanganika respublikasi, ikkinçisi esa Zanzibar sultonligi nomini oladi. Köp ötmay Zanzibarda sulton taxtdan ağdariladi va mamlakat Zanzibar respublikasiga aylanadi.
Tanzaniya bir paytlar Tanganika va Zanzibar deb atalgan ikkita respublikadan iborat bölgan
1964 yil 26 aprel kuni Tanganika respublikasi va Zanzibar respublikasi rahbarlari har ikki davlatni birlaştiriş böyiça kelişuvga erişişadi. Şu tariqa yagona davlat taşkil topadi.
1964 yil 29 oktyabr kuni Tanzaniya atamasidan Tan, Zanzibardan Zan olinadi va Tanzaniya nomi yasaladi. Hozirda mamlakat nomi Birlaşgan Tanzaniya respublikasi deb ataladi.
Zambiya
Afrikadagi bu davlat ham örta asrlarda yevropaliklar tomonidan mustamlaka qilingan. 1924 yilda Britaniya Afrika janubidagi ikkita koloniyasini birlaştiradi va unga Şimoliy Rodeziya deb nom beradi.
1964 yilda Şimoliy Rodeziya mustaqilligini e’lon qiladi. Köp ötmay bu davlat nomi Zambiya deb özgartiriladi. Zambiya nomi mamlakat hududidan oqib ötadigan, Afrika qit’asidagi törtinçi yirik daryo Zambezi nomidan olingan.
Zambiya
Kot-d’Ivuar
Afrikadagi bu davlat nomi fransuzça bölib, u sözma söz tarjima qilinganda Fil suyagi qirğoği degan ma’noni anglatadi.
1986 yilgaça barça davlatlar Fil suyagi qirğoği nomini öz tillarida yozib kelişgan. 1986 yilda mamlakat özining rasmiy nomi faqat Kot-d’Ivuar bölişi haqida qaror qabul qildi.
Şundan söng dunyo davlatlari mamlakat nomining tarjimasini emas, Kot-d’Ivuar körinişidagi atamani işlatib kelmoqda.
Kot-d’Ivuar
Iordaniya
Iordaniya XX asrning birinçi yarmida Britaniya mandati ostida yarim mustamlaka davlat bölgan va u Transordaniya amirligi deb atalgan. Öşa paytda qisman Iroq hududi va Falastin ham Transiordaniya tarkibiga kirgan.
1946 yilda Britaniya Yaqin Şarqdagi hududlarni taşlab çiqadi va natijada bir neçta mustaqil davlat paydo böladi. Ulardan biri Transiordaniya Hoşimiylar qirolligi edi.
Iordaniya bir paytlar Transiordaniya deb atalgan va u juda katta hududlarga ega bölgan
1949 yilda Transiordaniya qirolligi Falastin yerlari uçun bölib ötgan ikki yillik uruşda Isroildan mağlubiyatga uçraydi. Şundan söng öşa yili mamlakat qiroli Abdulloh I davlat nomini Iordaniya Hoşimiylar qirolligi deb özgartiradi.