“O‘zbekinvest” kompaniyasida “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi
20 oktabr kuni “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi bosh ofisida “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqan Bosh direktor R.Azimov hamda A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining taklif etilgan mutaxassis-xodimi tomonidan mamlakatimizda ona tilining o‘rni va ahamiyatini oshirishga katta e’tibor qaratilayotgani, shuningdek, ona tilining rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining omili, millatning bosh belgisi, davlat suverenitetining asosiy ramzi ekanligi aytib o‘tildi. Shuningdek, ona tilining barhayot bo‘lishi, uning to‘laqonli yashashi, millatning ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati uchun zarurligi qo‘shimcha qilinib, ko‘p millatli mamlakatimizdagi xalqlarning ona tillarini asrab-avaylash muammosiga ham to‘xtalib o‘tildi.

O‘zbek tili – turkiy tillarning katta oilasiga kiruvchi dunyodagi eng yirik tillardan biri. Ayni paytda mazkur tilda deyarli 50 mln kishi so‘zlashadi va qariyb 60 mamlakatda ta’lim beriladi. Shuningdek, bugungi kunda dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud bo‘lsa, ulardan atigi 200 tasi, jumladan, o‘zbek tili ham rasmiy til sifatida tan olingani aytib o‘tildi.
So‘ngra bayram munosabati bilan kompaniya xodimlari o‘rtasida ijodiy tanlovlar o‘tkazildi. Mushoira tanlovida ishtirokchilar g‘azallar va she’rlarni ifodali o‘qish bo‘yicha o‘z iste’dodlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. “O‘zbekinvest” kompaniyasi xodimlari tomonidan E.Vohidovning “Ona tilim o‘lmaydi”, Muhammad Yusufning “Ona tilim” she’rlari, A.Navoiyning “Ko‘rgali husningni”, “Kecha kelgumdur debon” va boshqa g‘azallari o‘qib berildi.
Ijodiy tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblarga pul mukofotlari topshirildi. Shuningdek, “O‘zbekinvest” kompaniyasining har bir xodimiga A.Navoiy, H.Olimjon, Zulfiya, A.Qodiriy, Oybek, O‘.Hoshimov, G‘.G‘ulom, A.Fitrat, Cho‘lpon, E.Vohidov, A.Oripov, Muhammad Yusuf, X.Xudoyberdiyeva, A.Avloniy, P.Qodirov va boshqa o‘zbek adabiyoti namoyondalarining asarlari sovg‘a qilindi.
Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160
Sayt|Facebook|Instagram|Telegram|YouTube
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

10:20 / 19.05.2025
"O‘zbekinvest" Ispaniya va Italiyadagi muzokaralar natijasida yangi xalqaro sheriklikka qadam tashladi

11:00 / 15.05.2025
"A.M. Best Company" xalqaro reyting agentligi "O‘zbekinvest" kompaniyasi reytinglarini "Barqaror" prognoz bilan "b"/"bb" darajasida tasdiqladi

11:00 / 22.04.2025
"O‘zbekinvest" International Insurance Society (IIS) ga a’zosiga aylandi

10:00 / 11.12.2024