Xitoy AQSh bilan hamkorlikka tayyor, chunki «dunyo taqdiri shunga bog‘liq» - Si Jinping
Si Jinping davlatlar o‘rtasida «o‘zaro hurmat, tinch-totuv yashash va o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida» quriladigan yanada barqaror ikkitomonlama aloqalarni o‘rnatishga chaqirdi.
Xitoy yetakchisi Si Jinping AQSh bilan kelishmovchiliklarni bartaraf etish va global muammolarni hal etishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u Nyu-Yorkdagi AQSh-Xitoy munosabatlari milliy qo‘mitasining yillik yig‘ilishiga yo‘llagan maktubida yozgan, deb xabar berdi Reuters.
Uning ta’kidlashicha, dunyo taqdiri har ikki davlat hamkorlikda «to‘g‘ri» yo‘lini topa olishiga bog‘liq. Si Jinping davlatlar o‘rtasida «o‘zaro hurmat, tinch-totuv yashash va o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida» quriladigan yanada barqaror ikkitomonlama aloqalarni o‘rnatishga chaqirdi.
26 oktyabr kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi Vashingtonga AQSh Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken bilan muzokara o‘tkazish uchun boradi. Bu muzokaralar AQSh prezidenti Jozef Bayden va Si Jinpingning noyabr oyida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitida kutilayotgan uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tadi.
Xitoyning Global Times davlat gazetasi bu haqda quyidagilarni yozdi:
«Xitoylik kuzatuvchilar Van Yi tashrifi ikki yetakchi o‘rtasida ehtimoliy uchrashuv o‘tkazishga zamin yaratadi, ammo Vashington Pekin xavotirlarini bartaraf etish bo‘yicha aniq sa’y-harakatlarni namoyish qilishi va samimiyligini ko‘rsatishi kerakligini ta’kidlamoqda».
Iyun oyi boshida Blinken Pekinda Si Jinping bilan uchrashgan edi. Uchrashuvning yopiq qismidan oldin Xitoy rahbari ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik muhimligini ta’kidlab, AQSh Davlat kotibining tashrifi bu borada «ijobiy hissa qo‘shishiga» umid bildirdi. Blinken, o‘z navbatida, uchrashuvdan oldin jurnalistlarga Xitoyning boshqa rasmiylari bilan «ochiq va konstruktiv suhbatlar» haqida ma’lumot berdi.
Mavzuga oid
12:44
«Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz». Bayden va Jinping Peruda uchrashdi
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
22:22 / 16.11.2024
Xitoyda imtihondan o‘ta olmagan talaba ommaviy qirg‘in uyushtirdi
21:19 / 16.11.2024