Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublikachi Mayk Jonson AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri bo‘ldi
Bir necha urnishlardan so‘ng, Vakillar palatasiga spiker saylandi.
Respublikachi kongressmen Mayk Jonson AQSh Kongressi Vakillar palatasining 56-spikeri bo‘ldi. U saylovda 220 ta ovoz to‘pladi. Bu lavozimni egallash uchun kamida 217 ovoz talab qilinardi.
Jonson 51 yoshda va 2016 yildan buyon AQSh Kongressi quyi palatasi deputati. Siyosatchi Luiziana universitetini tamomlagan, u yerda huquq fakultetida ta’lim olgan. Keyin u taxminan 20 yil davomida konstitutsiyaviy huquq bilan shug‘ullangan. Jonson oilali, to‘rt nafar farzandi bor.
3 oktyabr kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi respublikachi Kevin MakKartini spikerlik lavozimidan chetlashtirish uchun ovoz berdi. Uning partiyadoshi Patrik Makhenri muvaqqat spiker etib tayinlandi.
Shundan so‘ng, kongressmenlar Stiv Skaliz va Jim Jordan spiker lavozimini egallashga harakat qilishdi, ammo ikkalasi ham yetarli ovoz to‘play olmadi. Yana bir nomzod Tom Emmer shu hafta boshida spikerlikka saylanish istagidan voz kechdi. Vakillar palatasida ozchilikka ega demokratlar har safar o‘z nomzodi Hakim Jyeffrisga ovoz berishdi.
Avvalroq, Vakillar palatasida spiker bo‘lmasa, u budjet bo‘yicha muzokara o‘tkaza olmasligi yoki qonun loyihalarini, jumladan, Oq uyning Ukraina va Isroilga harbiy yordam uchun mablag‘ ajratish so‘rovlarini tasdiqlay olmasligi ta’kidlangan edi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026