O‘zbekiston | 09:46 / 26.10.2023
3295
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi

Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti BMT Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasi doirasida UNWTO Xalqaro turizm akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Turizm qo‘mitasi

Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, akademiyadan maqsad turizm sanoati va iqtisodiyot sohasini rivojlantirishga xizmat qiladigan malakali kadrlar sinfini shakllantirishdan iborat.

Akademiyaning o‘quv dasturi Shveytsariya mehmondo‘stlik maktablari tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Trening chet ellik maslahatchilar tomonidan olib boriladi. Akademiyani tamomlagandan so‘ng bitiruvchiga jalb qilingan hamkor ta’lim muassasalari tomonidan tan olingan sertifikat beriladi. Har bir modulni tugatgandan so‘ng, talabalar xususiy sektor hamkor kompaniyalarida amaliyot o‘tash orqali amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Akademiya tashkilotchilari O‘zbekiston hukumati va BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid