Toshkent shahri aholisiga tashqi reklamalardan xoli hududni tanlash imkoni berildi
Endilikda tashqi reklamalardan xoli hududni shahar aholisining o‘zi tanlaydi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Poytaxtning qaysi hududlari tashqi reklamalardan xoli bo‘lishi kerakligini aniqlashda Toshkent aholisi portaldagi yoki “Xalq nazorati” ilovasidagi so‘rovnomada qatnashishi mumkin.
Amaldagi qonunga ko‘ra, madaniy meros obektlari va davlat idoralari binolariga tashqi reklamani joylashtirilishi taqiqlanadi, ammo ushbu ro‘yxat xalq fikrini inobatga olgan holda kengaytirilishi mumkin.
Raqamli rivojlanish departamentining “Tashqi reklama” loyihasi bo‘limi tomonidan portalda hamda “Xalq nazorati” ilovasida Toshkentning tashqi reklamadan holi hududlarini kengaytirish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Xalq nazorati portalida ariza berish uchun “Foydalanuvchi so‘rovlari” bo‘limini tanlab, “Reklamadan xoli hudud” bo‘limida fikr qoldirish mumkin.
So‘rov 15 kun davom etadi va 11 noyabrda yakunlanadi. Ishtirokchilar ariza to‘ldirayotganda manzilni ko‘rsatishi, reklama joylashtirilgan joyni fotosuratini ilova qilishi va nima uchun ushbu obektda reklama bo‘lmasligi kerakligini aytib o‘tishi kerak.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat va diniy obektlari, moddiy madaniy meros obektlaridan 50 metr radiusda, shuningdek, ushbu tuzilmalar hududida tashqi reklamani joylashtirish taqiqlanadi. Madaniy meros obektlari yaqinida va uning hududida tashqi reklama joylashtirish qonun tomonidan taqiqlanganiga qaramay, ushbu normalar ba’zi joylarda buzilganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Raqamli rivojlantirish departamentining “Tashqi reklama” loyihasi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tahlillariga ko‘ra shaharda o‘rnatilgan 11 mingta tashqi reklama obektlaridan 2500 dan ortig‘i madaniy meros obektlari va davlat muassasalari hududida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan holda o‘rnatilgan. (Masalan, 145-umumta’lim maktabi yoki eski ToshMI binolarining bir qismi madaniy meros obekti hisoblanadi).
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
09:43 / 14.11.2024
Qonuniy tashqi reklama konstruksiyasi noqonuniy buzilganda biznes-ombudsmanga xabar berish mumkin
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024