Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada O‘zbekiston energetika sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Kiyev shahrida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan Ukrainaning yetakchi universiteti o‘rtasida energetika sohasi mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston elchisi Alisher Qurmonov Ukrainaning Academy DTEK korporativ universitetida bo‘lib, mazkur oliy o‘quv yurtining ijrochi direktori Ruslan Lemeshchuk bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida mamlakat vakili O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish uchun xalqaro andozalarga mos keladigan malakali kadrlarni tayyorlash hozirgi kunda dolzarb ahamiyat kasb etayotgani xususida to‘xtalar ekan, Academy DTEK bilan O‘zbekistonning turdosh muassasalari bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq takliflarni ilgari surdi.
Uchrashuv yakunida universitet rahbariyati bilan energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
16:47
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026