Isroil armiyasi 7 oktyabrdan beri G‘azodagi 11 mingdan ortiq obektga hujum qildi
7 oktyabrdan beri Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorida 11 mingdan ortiq obektga hujum qildi. Bu haqda armiya matbuot xizmati bayonotida aytiladi.
Bayonotga ko‘ra, HAMAS harakatining harbiy qanoti - «Izeddin al-Qassam brigadalari»ning harbiy obektlari zarbaga uchragan.
Matbuot xizmatining qayd etishicha, Isroil armiyasi G‘azo sektorida «quruqlik operatsiyalari»ni davom ettirmoqda.
Harbiylar tomonidan e’lon qilingan suratda G‘azo sektorining xarobaga aylangan chekkasida isroillik askarlar va zirhli texnikalari aks etgan.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 8,5 mingdan ortiq falastinlik va 1400 nafar isroillik halok bo‘ldi.
Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024
Yevropada yakkalanayotgan Isroil futboli
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
08:08 / 14.11.2024