Migratsiya masalalari böyiça yurist Botirjon Şermuhammad Özbekiston hukumatini Rossiya bilan mahbuslar almaşiş böyiça kelişuvni tezroq imzolaşga çaqirdi. Yuristning bildirişiça, bu bir neça omillarga köra muhim.
— Botirjon aka, tahririyatimizga farzandi yoki biror yaqini Rossiyada qamalib qolgan va allaqaçon qamoqda bölgan insonlardan köp murojaat böladi. Ular öz murojaatida qamoqdagi yaqinini Özbekiston qamoqxonalariga köçiriş mumkin yo mumkin emasligi haqida söraşadi. Xöş, bugun huquqiy asoslarga köra buning imkoni qançalik?
— Afsuski, Rossiya bilan örtamizda bunday mexanizm yöq. MDH doirasida ham şunday şartnomalar bor ekan, lekin Özbekiston bunday kelişuvga qöşilmagan bölsa kerak. Rossiya va Özbekiston örtasida bu borada şartnoma tayyorlangan, 2016 yil 1 mayda Putinning Özbekiston bilan şunday şartnoma imzolanişi böyiça qarori ham çiqqan. Rossiya tomondan Adliya vazirligi, Özbekistondan Boş prokuratura mas’ul bölgan, juda yaxşi loyiha tuzilgan, öqib çiqqanman özim. Lekin nimagadir kelişuv loyihaligiça töxtab qolgan. Bu böyiça Rossiya tomoni tayyor, Putin qarori ham bor, lekin Özbekiston tomonidan heç qanday rasmiy hujjat yöq. Balki biz bilmaydigan va kelişuvga tösiq böluvçi qandaydir holatlar bordir. Lekin baribir şunday mexanizm yaratiş kerak, çunki hozirgi kunda juda köp vatandoşlarimiz Rossiyada qamalib ketyapti. Köplar tuhmat bilan, advokatligi yöqligidan, huquqiy bilimi yetmaganidan qamalyapti. Agar Özbekistonga qaytarilsa, ularning işi qayta körilişi mumkin. Şuningdek, uzoqroq muddatga qamalgan şaxslarni yaqinlari körişi bor, qandaydir iltimosnomalar kiritiş masalasi bor, uzoqda bölsa bular imkonsiz. Köpçilik hatto farzandi yo yaqini qaysi qamoqxonada ekanini ham bilmaydi.
Ukraina uruşi boşlangaç, aynan mana şunday narkotik masalasida uzoq yilga qamalganlarni uruşga jalb qiliş ham bölyapti.

— Siz oxirgi vaqtlarda Rossiyada migrantlar qamalişining Ukrainadagi uruşga aloqasi bor, degan fikrga qanday qaraysiz? Harholda qamoqdagi har bir mahbusga uruşga borib keliş va jazoni yengillatiş varianti taklif qilinmoqda.
— Bunday taxminlar ham bor, ha, atay qilinayotgan bölişi mumkin. Advokatlar ham bunday holatlar birdan köpayganini aytyapti. Hatto yengilroq jazo olgan boşqa turdagi mahbuslarga ham uruşga boriş taklifi berilyapti ekan. Bir yil ötirib çiqqan tanişim unga ham şunday taklif bölganini aytdi.
Biz hozir ogohlantirgan bilan ular qamoqda ötiribdi, bizni eşitişmayli. Deylik, 10 yilga qamalgan kişi, uning qamoqxonada şaroiti oğirdir, qiynoq bordir, biz bilmaymiz. Öşa odamga 6 oy uruşga bor va ozod böl, desa, u aldanib qolişi mumkin. Bularning oldini oliş uçun yagona yöl — mahbuslar almaşinuvi, kelişuv. Harholda bizning qamoqxonalarda bunday takliflar berilmaydi.
Elçixonaning faoliyatidan ham bexabarmiz. Neçta odam Rossiyadagi qamoqxonada, ularga huquqiy yordam berilyaptimi, özi elçixonaning imkoniyati bormi — bu kabi bir qança masalalar bor. Bizdagi oxirgi ma’lumotlarga köra, 6,5 ming vatandoşimiz Rossiyadagi qamoqxonada edi, 8 mingga ham borgandir balki. Rossiya katta davlat, elçixonadagilar hamma joyga borib yordam berolmaydi ham. Rossiya hukumati atay şu uruşga jalb etiş uçun şu işlarni qilayotgan bölsa, har qanday yöl bilan imkonini topadi. Şuning uçun fuqarolarimizni özimizga qaytarişimiz kerak. Boşqa çora yöq.
- Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.













