Rossiyaning Amur oblastida migrantlarni olib ketayotgan avtobus yöl-transport hodisasiga uçradi. Bu haqda Rossiya Tergov qömitasining Amur viloyati böyiça boşqarmasi xabar berdi.

TASS xabariga köra, baxtsiz hodisa 16 oktyabr kuni Svobodniy şahri çekkasida sodir bölgan. Amur gaz-kimyo majmuasi qurilişida iştirok etayotgan Turkiyaning Yamata pudratçi kompaniyasi işçilari bölgan avtobus bilan Toyota Probox töqnaşib ketdi. Töqnaşuvdan keyin avtobus yöldan çiqib, ağdarilib ketgan. 

Avtobusda Turkiya va Tojikiston, şuningdek, Özbekiston fuqarolari bölgani aytilgan.

Jarohatlangan 49 kişidan biri vafot etdi, 14 nafari kasalxonaga yotqizildi, bir nafari oğir ahvolda reanimatsiyada.

Voqea yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 238-1-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan işlarni bajariş yoki xizmatlar körsatiş) böyiça jinoyat işi qözğatilgan.

Migratsiya agentligi uşbu avtobusda Özbekiston fuqarolari bölmaganini ma’lum qildi.

Özbekistonning Vladivostok şahridagi Boş konsulxonasi va Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan hodisa yuzasidan tezkor suriştiruv işlari olib borildi. 
Rasmiy ma’lumotlarga köra, YTH oqibatida 1 nafar avtobus yölovçisi halok bölgan, 14 nafari turli darajada tan jarohati olgan. Uşbu avtobusda, Özbekiston Respublikasi fuqarolari bölmagan.