Hindistonda 70 soatlik iş haftasi keskin muhokamalarga sabab bölyapti. Bunga dasturiy ta’minot sohasi böyiça hind milliarderi, Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunakning qaynotasi Narayana Murtining gapi sabab böldi. Milliarder "Yoşlar mamlakat taraqqiyotiga hissa qöşişni istasa, haftasiga 70 soat işlaşga rozi bölişi kerak", deb aytdi.

Foto: Getty images
Haftasiga 70 soatlik iş 5 kun işlaydiganlar uçun sutkasiga 14 soat, 6 kun işlaydiganlar uçun 11,6 soatlik iş kuniga töğri keladi.
"Hindiston — dunyoda iş unumdorligi eng past bölgan mamlakatlardan biri. Agar biz iş unumdorligimizni oşirmasak, yurtimizda misli körilmagan biror özgariş qila olmaymiz. Şuning uçun ham bugungi yoşlarga şunday degan bölardim: "Bu mening mamlakatim va men bu yerda haftasiga 70 soat ham işlaşga tayyorman", degan Narayana Murti podkastlardan birida.
Uning sözlari ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgaç, odamlarning tanqidlari va aksinça, qöllab-quvvatlaşi ostida qoldi. Gazetalarning "Mulohaza" sahifalari toksik iş madaniyati va iş beruvçilarning öz xodimlaridan nimalar kutişi haqidagi debatlarga töldi.
Odamlar nima deyapti?
Tanqidlarning ayrimlari boşlanğiç maoşlari odatdagidan pastroq darajada bölgan hind texnologiya kompaniyalari, jumladan, milliarder Murti hammuassis bölgan Infosys kompaniyasi muhandislaridan yoğilmoqda.
Boşqalar esa tanaffussiz işlaşning jismoniy va ruhiy salomatlikka ta’siriga e’tibor qaratyapti.
"Dam olişga vaqt yöq, oila bilan suhbatlaşişga vaqt yöq, jismoniy maşğulotlarga vaqt yöq, biror ijodiy iş qilişga ham vaqt yöq. Kompaniyalarning iş vaqti tugagandan keyin ham xodimlarining telefonga javob berişlarini kutişini aytib ham ötirmoqçimasman. Şunçasidan keyin yana nega yoşlar yurak xurujiga çalinyapti deb hayron ham bölamiz", deb yozdi bangalorlik kardiolog-vraç Dipak Krişnamurti X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoğida.
Ba’zilar esa ayollar işxona va uylarida şundoq ham 70 soatdan köp işlaşlarini eslatib ötgan.














