Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi YouTube platformasining Özbekistonda reklama daromadlaridan foydalaniş (monetizatsiya) xizmati yoqilişining iqtisodiyotga ta’siri va mavjud tösiqlarini tahlil qildi.
YouTube monetizatsiyasining iqtisodiyotga ta’siri
YouTube monetizatsiyasi 108 ta davlatda yoqilgan bölib, Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qozoğistonda mavjud. Rossiya (sanksiyalar sabab) va Xitoyda xizmat yoqilmagan.
Madaniy va kreativ sohadagi mahsulotlarning dunyo yalpi içki mahsulotidagi örni 3,1 foizni taşkil etadi hamda jahonda iş bilan band aholining 6,2 foizi uşbu sohaga töğri keladi.
Özbekistonda kreativ industriya sohasiga oid 9,6 ming korxonada 84 ming nafar xodim faoliyat körsatmoqda. Kreativ iqtisodiyotning umumiy iqtisodiyotdagi uluşini 2030 yilgaça 5 foizga yetkaziş maqsad qilingan.
2025 yil yanvar oyi holatiga 33,9 mln mobil aloqa foydalanuvçilari, 32,7 mln internet foydalanuvçilari mavjud. Faol ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari 11,7 mln nafar bölib, mobil internet örtaça tezligi 37,82 mb/s, simli (özgarmas) internet tezligi 79,06 mb/s.
Özbekistonda 2,3 mln Facebook, 11,7 mln Instagram, 2,6 mln TikTok, 250 ming X ijtimoiy tarmoği foydalanuvçisi mavjud bölib, veb trafikning 66 foizi Instagram, 13 foizi Pinterest, 8 foizi Facebook, 6,3 foizi YouTube tarmoğiga sarflanadi.
Hozirda Özbekistonda oylik faol foydalanuvçilar YouTube'da 13 mln kişini taşkil etadi. Bu körsatkiç Telegram’da 20 mln, Meta (Instagram va Facebook)da 10 mln.
ITIM tahlillariga köra, monetizatsiya xizmati yoqilişi natijasida Özbekistonda mahalliy reklama bozori hajmi oşadi. 2024 yilda reklama bozori 2,1 trln söm bölib, şundan 29 foizi raqamli reklamaga töğri keladi (20 foiz taşqi reklama, 51 foiz telereklamalar).













