Odatda, xazonrezgi fasl boşlanişi bilan eng katta iş – tökilgan barglarni yiğiştirib olişdan iborat böladi. Lekin heç bölmasa bu kuz xazonlarni yiğiştirib olmang. Nega bunday qiliş kerak?
Kuzgi xazonlar bir qaraşda jamoat joylarida közga xunuk taşlanib turganday va keraksizday tuyulişi mumkin. Biroq unday emas. Xazonlar ostida biologik xilma-xillikning öziga xos dunyosi yaşaydi. Xazonlar Yer yuzida yaşaydigan jamiki jonzot turlarining teng yarmiga boşpana vazifasini bajara olişi mumkin. Barglar, novdalar va pöstloqlar uyumi ostida sudralib yuruvçilarning kiçik turlaridan tortib qurbaqa va ilonlargaça, bundan taşqari, yomğir qurti va örgimçak kabi umurtqasiz jonzotlargaça yaşaşi mumkin.
Umurtqasiz jonzotlar barglarni iste’mol qilgan vaqti ularni mayda bölaklarga böladi. Bu bölakçalar bakteriya va zamburuğlarning tandem kuçlari ta’sirida parçalanib, daraxtlar va boşqa ösimliklar ösişi uçun foydali bölgan azot, kalsiy va oltingugurt kabi nutriyentlarga aylanadi.
Şunday qilib, jonsiz ösimlik bölaklari tirik ösimliklarni oziqlantiradi, tuproqni nutriyentlar bilan töyintiradi va şu tarzda hayot sikli işlaydi. Bir qaraganda yoqimsiz va foydasiz köringan xazonlar uyumi ostida faol mikroskopik hayot yaşaydi.
Xazonlar faqat barglardan iborat bölmaydi. Uning tarkibiga daraxt barglari, gul yaproqlari, uruğlar va novdalar kirişi mumkin. 2023 yilgi tadqiqotga köra, xazonlar ekotizim bioxilmaxilligini yaxşilaşga hissa qöşadi. Bu tuproq tarkibiga foydali minerallar qöşilişi va hayvonlardan qoladigan turli patogenlarning qisqarişi bilan amalga oşadi.
Xazonlar to parçalanib tuproqqa singib ketgunça 3 ta bosqiçdan ötadi. Eng birinçi közga taşlanadigan qism — barg axlatlari. Ikkinçi bosqiç esa çirigan barglardan iborat fermentatsiya qatlami hisoblanadi. Uçinçi bosqiçda esa xazon çirindi deb ataluvçi quyuq va qalin moddaga aylanadi, bu çirindi muhiti ösimliklar ösişi va rivojlanişi uçun ideal tuproq atmosferasi sanaladi.
Barglarning parçalanişi nafaqat tuproqni foydali ozuqalar bilan ta’minlaşga yordam beradi, balki yerdagi uglerodni parçalaş vazifasini bajaradi. Masalan, örmonlar atmosferadagi karbonad angidrid gazini yiğib oliş orqali issiqxona gazlarini kamaytiradi. Fotosintez jarayonida esa barglar uşlab qolgan uglerod şunçaki biomassaga aylanadi.
Öta darajada çirigan va yaroqsizlangan xazonlar ham baribir tabiat uçun kerakli hisoblanadi. Qahraton qiş davrida bu barg qoldiqlari ostida yovvoyi tabiat jon saqlaydi, kapalak kabi mitti mavjudotlar tuxum qöyadi. Va barglar örtaça 6 oyda, taxminan bahor oylarida parçalanib ulguradi.
Xazonlarni şunçaki qoldiriş kerakmi?
Yerga ozuqa bölişi uçun boğdagi xazonlarni maydalagan holatda ham tuproqda qoldiriş mumkin. Lekin ularni axlatga yuboriş kerak emas. Agar şunday tabiiy foydali barg uyumlari axlat poligonlariga tuşib qolsa, ularni işlatib bölmaydi.

Ma’lumot uçun: Niderlandiyaning Eyndhoven şahrida daraxtlardan tökilgan barglar tozalab olinmaydi. Sababi bu barglar haşarotlar yaşaşi uçun yaxşi boşpana böla oladi. Qolaversa, drenaj tizimiga suv oqişidan himoya qiladi.












