“Yoshlarga xos qiziqish tufayli yasashga uringan” - supurgi yasayotgan talabalar voqeasiga vazirlik munosabat bildirdi
Buxoroda supurgi yasayotgan talabalar holatiga Oliy ta’lim vazirligi munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, supurgi institutning bo‘sh qarovsiz yeriga ekilgan bo‘lib, uni o‘rib olish jarayonida talabalar o‘zlari qiziqib qatnashgan.

Foto: Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti talabalarining supurgi yasash jarayonida qatnashgani aks etgan video tarqalgach, bunga Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy izoh berdi. Vazirlik vakillari institutga borib, holatni o‘rgangan va voqea talabani majburiy mehnatga jalb qilish deb talqin etilishi xato ekanini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti ilmiy jamoasi tomonidan yerning sho‘rlanishiga qarshi mahalliy galofit (cho‘lda o‘sadigan) o‘simliklardan foydalanish bo‘yicha tajribalar o‘tkazilgan. Supurgi ham shunday o‘simlik bo‘lib, u institutning bo‘sh, qarovsiz yer maydoniga ekilgan. Ayni vaqtda uni o‘rib olish ishlari boshlangan.
“Yer maydoni talabalar turar joyining yaqinida bo‘lgani bois, ushbu jarayonga qiziqqan bir necha talabalar xodimlarning ishini bevosita kelib kuzatganlar va ayrimlari yoshlarga xos qiziqish tufayli o‘zlari ham supurgi yasab ko‘rishga uringan”, – deyilgan rasmiy munosabatda.
Shuningdek, vazirlik talabalarning har qanday majburiy mehnatga jalb etilishiga qat’iyan qarshi ekanini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroda talabalarning supurgi yasayotgani videosi bo‘yicha Kun.uz institut rasmiylaridan izoh so‘ragandi. Institut rektori talabalar tomoshaga tushganini aytgan bo‘lsa, OTM matbuot xizmati vakili buni o‘quv dasturining bir qismi deb, holat bo‘yicha 2 xil izoh berilgandi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bozorlar AQSh bojlarida 90 kunlik tanaffusga o‘sish bilan reaksiya bildirdi
Jahon | 11:25
-
Meva-sabzavot mahsulotlari sohasida ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
Iqtisodiyot | 11:02
-
Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi
Jamiyat | 10:23
-
Chilonzorda elektromobil yonib ketdi
Jamiyat | 10:20
Mavzuga oid

21:10 / 01.04.2025
Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi

18:36 / 31.03.2025
Buxorodagi xususiy bog‘chada 1,5 yoshli bola tok urishidan vafot etdi

10:55 / 27.03.2025
Davlat zaxirasidagi 2 gektar yerni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

23:33 / 06.03.2025