Jahon | 12:02 / 09.11.2023
5610
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyada Eronga yaqin guruhlar joylashgan hududga zarba berdi

Suriyadagi Eronga aloqador jangchilar joylashgan hududga havo hujumlari uyushtirishga AQShning mintaqadagi bazalariga bir qator hujumlarga javoban Bayden topshiriq berdi.

8 noyabr, chorshanba kuni Amerikaning ikkita F-15 qiruvchi samolyoti Suriya sharqida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) va unga aloqador guruhlar tomonidan foydalanilgan obektga zarba berdi. AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostinning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar AQSh prezidenti Jo Baydenning buyrug‘i bilan so‘nggi paytlarda Iroq va Suriyadagi AQSh bazalariga uyushtirilgan qator hujumlarga javoban amalga oshirilgan.

«Agar Eron ishonchli vakillarining AQSh harbiy xizmatchilariga hujumlari davom etsa, biz xalqimizni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa choralarni ko‘rishdan qaytmaymiz», - deya ogohlantirdi Ostin. «Biz har qanday keskinlashuvdan tiyilishga chaqiramiz», dedi u. 

Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan jangchilar oktyabr oyi o‘rtalaridan beri AQShning Iroq va Suriyadagi harbiy bazalariga kamida 40 ta uchuvchisiz uchoqlar va raketa hujumlarini amalga oshirgan. Ushbu hujumlar muvaffaqiyatli bo‘lmadi va amerikalik askarlar «jiddiy jarohat olmagan», deb ta’kidladi mahkama. 

7 oktyabr kuni HAMAS guruhi jangchilari Isroilga hujum uyushtirgani, shundan so‘ng Isroil G‘azoni tinimsiz bombardimon qilishni boshlaganidan keyin Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashdi. Qo‘shma Shtatlar tiyib turuvchi vosita sifatida mintaqaga harbiy kemalar va samolyotlarni joylashtirdi. 

Mavzuga oid