Toshkentda aholi uchun issiqlik ta’minoti tarifi o‘zgarishsiz qoldi
Xalq deputatlari poytaxt kengashi qaroriga ko‘ra, aholi uchun issiqlik ta’minoti tarifi narxi o‘zgarishsiz qoladi. Yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun tarif oshirilyapti.
Toshkent shahrida yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun tariflar oshiriladi.
Xalq deputatlari poytaxt kengashi qaroriga ko‘ra, issiqlik ta’minoti uchun bazaviy tarif 67,3 foizga — 1 Gkal energiya uchun 397 212 so‘mdan 664 465 so‘mgacha oshadi.
Tariflar:
aholi uchun tarif o‘zgarishsiz qoladi — 1 Gkal uchun 91 960 so‘mni tashkil etadi;
yuridik shaxslar uchun — 1 Gkal uchun 141 737 so‘mdan 212 606 so‘mgacha oshadi;
budjet tashkilotlari uchun — 1 Gkal uchun 502 067 so‘mdan 801 963 so‘mgacha oshadi.
Tariflar o‘rtasidagi farq budjetdan subsidiyalar hisobidan qoplanadi.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024