Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ixtirochilar futbolka-televizor loyihasini taqdim qilishdi
Unda videolar, memlar, tiktoklar yoki hatto NFT suratlarni tomosha qilsa bo‘ladi.
Future Mind Labs startapi T-Shirt TV (futbolka-televizor) ishlab chiqarish uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi. U istalgan videoni tomosha qilish mumkin bo‘lgan ekranga ega.
Ixtirochilarning ta’kidlashicha, 10 dyuymli ekranda sevimli memlar, kliplar, tiktoklar yoki hatto NFT suratlarni tomosha qilsa bo‘ladi. Unda 6 ta format: MP4, MOV, JPEG, WMV, AVI va MKV qo‘llab quvvatlanadi.
Ekran 5V quvvatli pauerbank orqali ishlaydi. Fayllarni yuklash uchun unga smartfon, kompyuter yoki flesh-disk ulash mumkin. Uning to‘la quvvatda ishlash muddati 2-4 soatni tashkil qiladi, lekin qo‘shimcha pauerbank orqali uni uzaytirish mumkin. Futbolkaning ichki qismida pauerbank uchun cho‘ntak bor va uni kamarga ham bog‘lash mumkin.
Futbolka-televizorni boshqa kiyimlar kabi yuvish mumkin, uning displey olinadigan shaklda. Ammo ekranni namlantirmaslik yaxshiroq. Bir necha tomchi yomg‘ir unga zarar yetkazmaydi, lekin suvga to‘liq botirish mumkin emas.
T-Shirt TV 230 dollarga (≈2,8 mln so‘m) baholangan, ammo kraudfanding bosqichida uni Kickstarter platformasi orqali 149 dollar (≈1,8 mln so‘m) narxda buyurtma qilish mumkin.
Futbolka S razmerdan XXL razmergacha chiqariladi. Ixtirochilar platforma orqali kerakli mablag‘dan 5 baravar ko‘p pul yig‘ishga muvaffaq bo‘lishgan. Buyurtmalar 2024 yil fevral oyida yuborilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:43 / 29.05.2026
Anthropic kompaniyasi OpenAI’ni ortda qoldirib, eng qimmat sun’iy intellekt startapiga aylandi
18:30 / 13.05.2026
Sony futbolka uchun yangi konditsioner chiqardi
13:29 / 13.02.2026
Olimpiada-1936 ramzi tushirilgan futbolka onlayn-do‘konda “tugab qoldi”
09:03 / 12.02.2026