Nemis OAVda kuçli tanqidlar tölqini ortidan natsistlar Germaniyasida ötgan Olimpiada–1936 ramzlari tuşirilgan futbolkalar Olimpiya öyinlarining onlayn-dökonida “tugab qoldi” deb belgilandi. Tovarni payşanba, 12 fevral kuni ham saytdan topiş mumkin edi, ammo uni buyurtma qiliş imkonsiz bölgan.

Italiyadagi qişki öyinlar boşlanişi arafasida musobaqaning rasmiy onlayn-dökoni (uni Xalqaro Olimpiya qömitasi buyurtmasi bilan xususiy Britaniya kompaniyasi boşqaradi) ötgan Olimpiadalar ramzlariga bağişlangan futbolkalar kolleksiyasini çiqardi.

Xususan, kolleksiyada Afina, Rim, Los-Anjyeles, Seul, Sidney va boşqa şaharlarda ötgan öyinlar motivlari ham bor. Kolleksiya tavsifida şunday deyilgan: “Har bir öyin tarixda insonlar dunyo bir joyga yiğilib, insoniyatni uluğlaş uçun töplangan noyob vaqt va noyob makonni aks ettiradi”.

Bild gazetasiga köra, kolleksiyada rassom Frans Vyurbel tomonidan yaratilgan 1936 yilgi Olimpiadaning rasmiy plakati tuşirilgan futbolka ham sotilgan: unda lavr gulçambari taqqan antiqa haykal, Berlindagi Brandenburg darvozasining kvadriga haykali va olimpiya halqalari aks etgan. Öyinlar vaqtida hokimiyat “tinçliksevar” Germaniya obrazini tarğib qilgan, holbuki öşa paytdayoq mamlakatda yahudiylar va rejimning siyosiy muxoliflari ta’qib qilingan edi. Olimpiada–1936dan uç yil ötib, Germaniya Ikkinçi jahon uruşini boşladi.

Bild bilan suhbatda Berlin federal yer hududining parlamenti (deputatlar palatasi)da “Ittifoq-90/Yaşillar” partiyasidan deputat Klara Şedlix 1936 yilgi Olimpiada natsist rejimi propagandasining markaziy vositasi bölganini eslatdi. Uning aytişiça, rejim “xalqaro tan olinişni ta’minlagan va diktaturani normal holatdek körsatgan — uning jinoiy mohiyatini yaşirgan”. Şedlix fikriça, 1936 yilgi öyinlarni natsistlar propagandasi bilan boğliqligidan ayro holda körib bölmaydi.

11 fevral keçquruni e’lon qilingan bayonotda Xalqaro olimpiya qömitasi Berlindagi 1936 yilgi Olimpiya öyinlari va natsistlar propagandasi örtasidagi “boğliqlik”ni, albatta, tan olişini bildirgan. Biroq u “öşa öyinlarning sport ölçovi”ni ham inobatga olişga çaqirgan: öşa paytda 49 mamlakatdan 4483 nafar sportçi 149 ta musobaqada medallar uçun kuraşgan.