Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketishi oqibatida deyarli bir soat davomida avtotransportlar harakati to‘xtab qolgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.
Bugun, 11 noyabr kuni Qamchiq dovonida yuk avtomobilida yong‘in yuz berdi.
«Qamchiqavtoyo‘l» xabariga ko‘ra, M-39 yo‘lining Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh yo‘nalishi 222-kilometrida yuk mashinasi yongan.
Soat 07:55 da ushbu yo‘nalishda avtotransportlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilib, Vodiy-Toshkent yo‘nalishi soat 08:44 da avtotransportlar harakati uchun ochilgan.

Yong‘in oqibatda hech kim jabrlanmagan. Avtomobilda yong‘in nima sababdan ro‘y bergani hozircha noma’lum.