Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIning qator davlatlari Kiyevga 20 mlrd yevrolik yordam rejasiga rozi emas
Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 20 milliard yevrolik uzoq muddatli yordam rejasi ayrim davlatlar, xususan, Germaniyaning e’tirozlari tufayli hozirgi ko‘rinishida qabul qilinmasligi mumkin, deya xabar bermoqda Reuters agentligi diplomatlarga tayanib.
Foto: Ben Birchall/POOL/AFP via Getty Images
Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 20 milliard yevrogacha harbiy yordam ajratishni nazarda tutuvchi rejasi Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari tomonidan qarshilikka uchradi va hozirgi shaklda rad etilishi mumkin, deb xabar qildi Reuter agentligi 10 noyabr, juma kuni Yevropa Ittifoqi diplomatik doiralariga tayangan holda.
Iyul oyida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan Kiyevga Rossiya bilan urushda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun yillik hajmi 5 milliard yevro bo‘lgan harbiy yordam fondini yaratishni taklif qilgan edi. Ushbu rejani muhokama qilish 14 noyabr kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirlari yig‘ilishida bo‘lib o‘tishi kerak, biroq Reuters manbalariga ko‘ra, ko‘plab davlatlar, jumladan, Germaniya bu qadar katta mablag‘ ajratish maqsadga muvofiqligiga shubha bilan qaragan.
Borrelning rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin
Rossiyaning Ukrainada to‘liq miqyosli harbiy harakatlari boshlanganidan buyon Yevropa Ittifoqi Kiyevga 25 milliard yevroga yaqin qurol-yarog‘ va jihozlar yetkazib berdi hamda harbiy yordam sohasidagi eng yirik donorlardan biriga aylandi. Borrelning taklifi Yevropa tinchlik jamg‘armasi doirasida Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun moliyaviy zaxira yaratish orqali qo‘llab-quvvatlashni uzoq muddatli asosga o‘tkazishga urinish bo‘lib, u Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga boshqa davlatlarga harbiy yordam ko‘rsatish xarajatlarini qoplashga qaratilgan.
«Men bu rejani hali muvaffaqiyatsiz deb e’lon qilmoqchi emasman. Lekin uni yaxshilash mumkin, - dedi ismi sir qolishini istagan Yevropa Ittifoqi diplomatlaridan biri Reuters’ga bergan intervyusida. - Germaniyada juda ko‘p savollar bor va bu juda to‘g‘ri. Axir, biz juda katta pul haqida gapiryapmiz».
Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari ichki budjetlarning qisqarishi tufayli bunday uzoq muddatli majburiyatlarni olishga tayyor emas. Diplomatik manbalar Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bir yil avvaldan mablag‘ ajratishga qaror qilishi mumkinligini tan olyapti.
Bryussel Ukrainaga harbiy yordam bilan bog‘liq boshqa masalalar bilan ham bog‘liq qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Xususan, ko‘plab rasmiylar va diplomatlar fikricha, Yevropa Ittifoqi kelasi yil mart oyigacha Kiyevga 1 millionta artilleriya snaryadlari va raketalarini yetkazib berish maqsadiga erishish qiyin bo‘ladi, deb yozadi Reuters.
Mavzuga oid
16:01 / 28.05.2026
Frontdagi vaziyat: may Ukraina qurolli kuchlari uchun muvaffaqiyatli kechmoqda
08:47 / 28.05.2026
YeI Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha shoshilmayapti
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
22:22 / 26.05.2026