Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Gazprom» Markaziy Osiyo bilan 15 yillik «hamkorlik ufqi»ga o‘tmoqchi
Kompaniya mintaqa mamlakatlari bilan uzoq muddatli hamkorlikni ko‘zlamoqda.
Foto: Getty Images
Rossiya Qozog‘iston, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan gaz sanoati sohasida 15 yillik «hamkorlik ufqi»ga o‘tishga intiladi. Bu haqda Gazprom rahbari Aleksey Miller ma’lum qildi.
«Agar oldin gaz sanoatidagi hamkorligimiz qisqa muddatli deb atalgan bo‘lsa, endi biz o‘z oldimizga 15 yillik ufqqa erishish vazifasini qo‘ydik», dedi Miller.
«Gazprom» rahbari jurnalistning sovet davrida gaz Markaziy Osiyodan Rossiyaga yetkazilgan, hozir esa aksincha, degan savoliga ham javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning sabablaridan biri hozir gaz ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallagan Rossiya resurs bazasining kengayishidir.
«Ikkinchidan, shuni tushunishimiz kerakki, Markaziy Osiyo respublikalari ayni paytda juda jadal rivojlanmoqda. Biz o‘sish sur’atini juda yaxshi tushunamiz», deb qo‘shimcha qildi u.
«Gazprom» rahbari noyabr oyi boshida Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini, shuningdek, yangi yo‘nalishlar, mavjud quvvatlarni kengaytirish va gazlashtirish masalalarini muhokama etishini ma’lum qildi. Hozir bu mamlakatlarga Rossiya gazini yetkazib berish hajmi kichik, ammo tahlilchilarning fikricha, 2030 yilga borib, mintaqaga eksport qilish salohiyati 20 milliard m.kub.gacha o‘sishi mumkin.
Mavzuga oid
20:33 / 22.12.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz eksporti 2030 yilda to‘rt barobar o‘sishi mumkin
14:11 / 04.11.2025
Yevropaga Rossiya gazi eksporti so‘nggi 50 yildagi minimumni yangiladi
21:24 / 16.10.2025
«Gazprom» O‘zbekistonga tabiiy gaz va suyultirilgan gaz yetkazib berishni ko‘paytirmoqchi
11:16 / 10.10.2025