Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya davlat OAV Dnipro yaqinidagi «qayta guruhlanish» haqidagi xabarni o‘chirib tashladi
RIA «Novosti» va TASS Dnipro sharqida Rossiya qo‘shinlarining «qayta guruhlanishi» haqida xabar berdi, so‘ngra bu xabarni o‘chirib tashladi. Rossiya Mudofaa vazirligi provokatsiya haqida e’lon qildi.
Rossiya davlat matbuoti Dniproning chap qirg‘og‘ida Rossiya qo‘shinlari «qayta guruhlangani» haqidagi xabarlarni e’lon qildi va bir necha daqiqadan keyin uni o‘chirib tashladi. 13 noyabr, dushanba kuni ertalab Telegram-kanallari hamda RIA «Novosti» va TASS saytlarida «Dnepr» qo‘shinlari guruhi Dniproning sharqidan «yana qulayroq pozitsiyalarga» o‘tkazilishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi, so‘ng ikkala agentlik ham ma’lumot xatolik tufayli o‘chirilganini bildirdi.
«Biz obunachilarimiz va o‘quvchilarimizdan uzr so‘raymiz», — deyiladi TASS xabarida. «Meduza»ning ta’kidlashicha, agentlik o‘chirilgan xabarlarida Rossiya Mudofaa vazirligiga tayangan, biroq bu xabar Rossiya mahkamasining Telegram-kanalida e’lon qilinmagan.
Ayni paytda, Rossiya Mudofaa vazirligi Dnipro yaqinida chekinish ehtimoli haqidagi xabarlarni rad etdi. «Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot markazi nomidan Dnipro hududida qo‘shinlarning go‘yoki «qayta guruhlangani» haqidagi yolg‘on xabarning tarqalishi provokatsiyadir», — deyiladi mahkamaning RBK so‘roviga javobida.
Chekinish paytida «qo‘shinlarni qayta guruhlash» haqidagi ibora ishlatiladi
«Mavjud vaziyatni baholab, «Dnepr» guruhi qo‘mondonligi qo‘shinlarni Dneprning sharqidagi qulayroq pozitsiyalarga o‘tkazishga qaror qildi. Qayta guruhlash ishlaridan so‘ng, «Dnepr» boshqa yo‘nalishlarda hujum paytida ishlatiladigan kuchlarning bir qismini ozod qiladi», - deya o‘chirilgan xabardan iqtibos keltirgan qator nashrlar. Rossiya davlat axborot agentliklari ko‘pincha Mudofaa vazirligi bayonotlarini oldindan qabul qilib oladi.
«Qo‘shinlarni yanada qulayroq pozitsiyalarga o‘tkazish» haqidagi ibora avvalroq Rossiya rasmiy manbalari tomonidan ishlatilgan va Ukrainaga kirib kelgan Rossiya Qurolli kuchlarining chekinishini bildirgan. Xususan, Rossiya davlat OAV 2022 yilda Xarkiv va Xerson viloyatlarida rossiyaliklarning chekinishi haqida shunday xabar tarqatgan.
Mavzuga oid
16:47 / 16.04.2026
Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba berdi – fotolar
09:51 / 10.03.2026
Dniproda Rossiya zarbasi oqibatida sakkizta ko‘p qavatli uy zarar ko‘rdi
14:59 / 08.01.2026
Dniproda Rossiya dronlari hujumida yetti kishi jabrlandi
11:10 / 06.01.2026