10 mart, seşanbaga ötar keçasi Rossiyaning Dniproga bergan zarbasi natijasida kamida sakkizta köp qavatli turar joy binosiga şikast yetdi. Bu haqda şahar hokimi Boris Filatov ma’lum qildi. Uning aytişiça, uylarda bir neça yuzta oyna singan.
Dnipropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Ganjaning sözlariga köra, ön kişi jarohat olgan, ular orasida 12 yoşli bola ham bor. Ikki nafar ayol şifoxonaga yotqizilgan, yana bir neçta kişiga esa joyning özida tibbiy yordam körsatilgan.
Ganja aniqlik kiritişiça, uylardan birida yonğin çiqqan. Boşqa binolar qatorida portlaş tölqini ta’sirida bank binosi ham şikastlangan.
Şuningdek, 9 mart keçqurun va 10 martga ötar keçasi Rossiya dronlari Xarkivga ikki tölqinda zarba berdi. Şaharning Industrial tumanida, dastlabki ma’lumotlarga köra, “Geran-2” turidagi uçuvçisiz apparat turar joy köp qavatli uylari yaqiniga zarba bergan. Hokimiyat ma’lumotlariga köra, sakkiz kişi jabrlangan.
Hujum oqibatida avtomaşinalar va uylarning quyi qavatlaridagi xonadonlar yongan, kvartiralardagi oynalar singan.
Keyinroq Xarkivning Xolodnogorsk tumani ham hujumga uçradi — şahar hokimi Igor Terexovning sözlariga köra, u yerda ikki kişi jabrlangan, xususiy uylar va xöjalik inşootlariga şikast yetgan.













