Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiyada ukrainalik uchuvchilarni F-16 samolyotini boshqarishga o‘rgatish markazi ish boshladi
Niderlandiya markazni beshta F-16 qiruvchi samolyoti bilan ta’minladi.
Ruminiya va Niderlandiya hukumati vakillari, shuningdek, Amerikaning Lockheed Martin aerokosmik kompaniyasi rahbariyati 13 noyabr kuni Ruminiya harbiy-havo kuchlarining «Borcha» bazasida ukrainalik uchuvchilarni F-16 samolyotini boshqarishga o‘rgatish dasturini ishga tushirdi.
Interfax agentligining EFE ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Niderlandiya ushbu dastur doirasida 18 tagacha F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish niyatida, ulardan beshtasi allaqachon ushbu o‘quv markazida.
Lockheed Martin kelishuvning bir qismi sifatida dastur ishtirokchilarini instruktorlar va texnik xodimlar bilan ta’minlaydi. Uchuvchilarni tayyorlash kamida olti oy davom etishi kutilmoqda. Niderlandiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy samolyotlar mashg‘ulotlar jarayonida NATO havo hududini tark etmaydi.
Ruminiya harbiy-havo kuchlarining «Borcha» bazasidagi o‘quv markazida ruminiyalik uchuvchilar va NATO davlatlaridan kelgan boshqa uchuvchilar ham o‘qitiladi.
Avvalroq, Daniya, Niderlandiya va Norvegiya Ukrainaga o‘nlab F-16 qiruvchi samolyotlarini taqdim etishga va’da bergan edi.