Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat raisi Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi bilan daraxt ekdi
Tanzila Norboyeva «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Ibrohim Tiau bilan uchrashdi.
Foto: senat.uz
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiau bilan uchrashdi.
«Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiau bilan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Samarqanddagi «CRIC-21 yashil bog‘i»da daraxt ekdik. Ahamiyatli tarafi shundaki, mazkur bog‘ning nomi tadbirimiz mavzusi bilan o‘zaro hamohangdir», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Qayd qilinishicha, bunday sa’y-harakatlar kelajak avlodga ekologik jihatdan yanada toza va obod mamlakat qoldirishda muhim rol o‘ynaydi.
Norboyevaning ta’kidlashicha, «Yashil makon» umummilliy loyihasi an’anaga aylandi. Ushbu loyiha boshlanganidan beri o‘tgan 2 yilda uy-joy massivlarida 1200 gektardan ortiq yashil bog‘ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etilgan.
«Mazkur ishlar biologik xilma-xillikni oshirish, turizmni rag‘batlantirish, aholi salomatligi va havo sifatini yaxshilashga katta hissa qo‘shadi. Daraxt ekish atrof-muhit va jamiyatimizga kiritilgan eng oqilona sarmoyadir. Umid qilamizki, mana shunday sarmoyalarimizning mevalaridan xalqimiz uzoq yillar davomida bahramand bo‘ladi», dedi Norboyeva.
Mavzuga oid
18:58 / 23.04.2026
Parlament komissiyasida o‘rmonlardan foydalanish va cho‘llanishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
10:19 / 22.04.2026
Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari ustuvor vazifalarni muhokama qildi
11:39 / 01.04.2026
Prezident yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi
09:13 / 01.04.2026