2022 yilning boşidan işga tuşirilgan Uzbekistan GTL zavodida bugungi kelib tabiiy gazdan eng ekologik toza yonilği işlab çiqariş yölga qöyildi. Zavod işlab çiqarayotgan yonilğidan sayyoramizning eng sovuq ölkalarida ham bemalol foydalaniş mumkin.

Şu sababli dunyoda atiga beştadan bittasi bölgan bu zavod mahsulotlari sekin-asta Yevropa va Şimoliy Amerika davlatlarini zabt etmoqda.

Qaşqadaryoning Ğuzor tumanida joylaşgan, prezident Ş.Mirziyoyev taşabbusi bilan barpo etilgan muhtaşam zavod hududiga ötkazilgan press tur davomida boş direktor Alişer Bahodirovning özi zavoddagi işlab çiqariş jarayoni va kelgusidagi rejalar haqida gapirib berdi.

Uzbekistan GTL boş direktori Alişer Bahodirovning hikoya qilişiça, ayni paytda korxonada işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy qismini GTL dizel yonilğisi taşkil etmoqda. Şuningdek, hozirça mamlakatimiz ehtiyojlari uçun GTL aviakerosini, nafta va boşqa mahsulotlar ham işlab çiqarilmoqda. Yevropaga Qozoğiston, Rossiya va Estoniya yönalişida boşlamasiga temiryöl orqali mahsulot eksport qilib körilgan. Endi esa Örta yölak — Turkmaniston undan Kaspiy dengizi orqali Ozarboyjon va Gurjiston orqali Qora dengiz böylab Ğarb davlatlariga oyiga 30 ming tonnagaça mahsulot eksport qiliş yölga qöyilmoqda ekan.

Qayd etib ötiş kerak, Zavod Şörtan gaz konlari hududida qazib olinayotgan gazni çuqur qayta işlaş maqsadida barpo etilgan. Bu yerdagi gaz zaxiralari yana bemalol 25 yilga yetişi hisoblab çiqilgan.

Zavodning yonginasida joylaşgan «Şörtan» gaz-kimyo majmuasida gaz fraksiyalarga ajratilgaç, eng toza metan Uzbekistan GTLga yönaltiriladi. Bu yerda sintez qiliş yöli bilan sun’iy dizel, sun’iy aviakerosin, nafta va boşqa mahsulotlar işlab çiqariladi. Zavod işlab çiqargan mahsulot oltingugurt va boşqa qöşimçalardan töliq tozalangani bois ularning rangi suvdek şaffof böladi va hidi ham bölmaydi. Şu sababali, juda sovuq haroratlarda ham quyilib, qotib qolmaydi.