“Uzbekistan GTL” dizeli Yevropa sifat darajasiga javob beradigan zamonaviy va yuqori sifatli yoqilğidir.
“Yevro-6 standarti” talablariga töliq javob beradigan GTL dizeli Özbekiston va MDH mamlakatlarida mukammal işlaş hamda ekologik xususiyatlarga ega birinçi sintetik yoqilği hisoblanadi.
“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning topşiriğiga asosan, “Uzbekistan GTL” zavodi töliq iş rejimiga ötkazilib, işlab çiqariş hajmi bosqiçma-bosqiç oşirilmoqda, şu jumladan joriy yilning noyabr oyida zavodning ikkinçi navbati işga tuşirilişi hisobiga tayyor mahsulot işlab çiqariş hajmi yanada oşirilişi rejalaştirilgan.

Hozirda zavodda örtaça bir kunda 1500 tonna sintetik dizel işlab çiqarilayotgan bölib, noyabr oyida zavodning ikkinçi bosqiçi işga tuşirilişi hisobiga bir sutkada örtaça 3000 tonnagaça yoqilği işlab çiqarilişiga yetkaziladi.
Işlab çiqariş hajmini oşiriş orqali mahsulot tannarxini pasayişiga erişilmoqda.
“Özbekneftgaz” AJ tomonidan Respublika içki iste’molçilariga yuqori sifatli va ekologik toza dizel yonilğisini yetkazib berişni ta’minlaş maqsadida, “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisining körsatmasiga binoan, joriy yilning 31 oktabr kunidan boşlab Tovar xomaşyo birjasi orqali sotuvga qöyiladigan sintetik dizel yoqilğisining bir tonnasining boşlanğiç narxi 12 998 420 sömgaça arzonlaştirilişi belgilandi.
Kelgusida zavod tomonidan işlab çiqariladigan mahsulot hajmi ortişi natijasida ularning tannarxi va mos ravişda birja savdolariga qöyiladigan boşlanğiç narxlari ham bosqiçma-bosqiç pasaytirib boriladi.

Eslatib ötamiz, uşbu narx arzonlaştirilişi sönggi uç oy içida uçinçisi hisoblanib, avval joriy yilning 29 avgustdan sintetik dizelning 1 tonnasi uçun boşlanğiç narxi 15 550 500 sömdan 14 504 378 sömga, söng 13 sentabrdan 13 897 110 sömgaça arzonlaştirilgan edi.
Sintetik dizelning boşlanğiç narxi 1 litr uçun hozirda 9930 sömdan birja savdolariga qöyilmoqda.
GTL yoqilğisining beqiyos tozaligi va uning yuqori samaradorligi texnikaning işlaş va texnik xususiyatlarini sezilarli darajada oşiradi.
“Uzbekistan GTL” yoqilğisi Şveytsariya “SGS” guruhining Belgiya, Estoniya va Fransiyadagi sertifikatlangan markazlarida sinovdan ötkazilgan.
















