Sönggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Uzbekistan GTL zavodining faoliyatiga oid asoslanmagan, zavod hududida avariya sodir bölgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Zavod ma’muriyati xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unda yozilişiça, ayrim internet tarmoqlari internetdan olingan, zavodga aloqador bölmagan, feyk suratlar bilan birga zavodning faoliyatiga oid asoslanmagan xabarlar tarqatmoqda.
“Uzbekistan GTL” MÇJ tomonidan yolğon axborotni tarqatiş fakti yuzasidan vakolatli idoralarga murojaat etiş uçun tegişli hujjatlar rasmiylaştirilmoqda.
“Uzbekistan GTL” kompaniyasi GTL zavodida sintetik neft işlab çiqarilişi yölga qöyilgani hamda asosiy mahsulot işlab çiqarişga yakuniy sozlaş işlari odatiy tartibda davom etayotganligini rasman ma’lum qiladi. Şu bilan birgalikda “Uzbekistan GTL” kompaniyasi ma’lumot e’lon qilişda ularning töğriligi tekşirib körilişini, şuningdek aholi işonçini suiiste’mol qilişdan ehtiyot bölişni sörab qoladi”, deyiladi ma’lumotda.

















