“Zavodda yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gaz qayta işlanib, qiymati 1 milliard dollardan ziyod bölgan 1,5 million tonna tayyor suyuq mahsulotlar, jumladan, bir yilda 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilğisi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.

Uşbu mahsulotlar hisobiga, yiliga 500 million dollarlik import örni qoplanadi, 200 million dollarlik eksport va 2 trillion sömlik soliq tuşumlari ta’minlanadi.

Alohida ta’kidlaş kerak, biz 300 million dollarlik gazni qayta işlab, uni qiymati 3 barobar yuqori va dunyo bozorida talab katta bölgan tayyor mahsulotlarga aylantiramiz. 
Buning uçun töla asosimiz bor. Çunki bu yerda işlab çiqarilgan aviakerosin boşqa zavodlar mahsulotiga nisbatan juda toza va sifatli bölib, eng zamonaviy samolyotlarga möljallangani uçun, unga hamişa talab yuqori hisoblanadi” deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilişiça, innovatsion texnologiyalar asosida barpo etilgan zavod özini özi energiya bilan ta’minlaydi, ya’ni texnologik jarayonlarda hosil böladigan buğ hisobidan, yiliga 650 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. 

Zavodda işlab çiqariş jarayoni töliq avtomatlaştirilgan va texnologiyalarni boşqariş, monitoring va xavfsizlikni ta’minlaş kabi muhim jarayonlarga inson omili ta’siri juda kam darajada ekanligi qayd etildi.