12:35 / 14.11.2023
14014

Toshkentda avtomobil ustiga daraxt qulashi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida avtomobil ustiga daraxt qulab tushdi. Mashina orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan 26 yoshli qiz olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. 

Joriy yil 12 noyabr kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida Nexia-3 rusumli avtomashina ustiga daraxt qulab tushdi, deb xabar berdi «Milliy» telekanali.

Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar avtomobilning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchida bosh miya ochiq jarohat qayd etilganini aniqlagan.

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, ammo jonlantirish harakatlariga qaramay, u vafot etgan. 

«Qulagan daraxtni ko‘zdan kechirish chog‘ida u qurib qolgani bo‘yicha belgilari aniqlanmadi, daraxt mutlaqo sog‘lom bo‘lgan», – deydi Yangihayot tumani hokimligi xodimi. 

Shuningdek, obodonlashtirish boshqarmasi vakili fojia sodir bo‘lgan hududdagi daraxtlar doimiy nazoratda bo‘lib kelgani, qurib qolish yoki chirish alomatlari bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Top