Fan-texnika | 15:41 / 15.11.2023
73314
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Kia Carnival: krossoverning yo‘ltanlamas imkoniyatlariga ega miniven

Kia Carnivalʼning to‘rtinchi avlodi - eng zo‘r texnologik yechimlar, benuqson ergonomika va uzoq safarlarda yuqori darajadagi qulaylik timsolidir. O‘zining haybatli o‘lchamlariga qaramay, avtomobil shaharning zich oqimida ham, yo‘lsiz joylarda ham murakkab manyovrlarni bajarish qobiliyatiga ega.

Foto: Kia

O‘lchamlari, sig‘imi va texnik xususiyatlari

Kia Carnival krossven sifatida pozitsiyalanadi, chunki model minivenning o‘lchamlari va to‘liq huquqli krossoverning yo‘ltanlamas xususiyatlariga egadir. Yangi avtomobilning uzunligi, balandligi va kengligi: mos ravishda 5155 x 1775 x 1995 mmga, yo‘l sathidan balandligi 172 mmga teng. G‘ildiraklar bazasi 3090 mmga teng bo‘lib, bu ichki makonni kengaytirish imkonini yaratdi.

Salonning standart jihozlanishidagi sakkiz o‘rindiqli versiyalarda yukxonasining hajmi 627 litrni tashkil qilib, qatorlar katlanganda bu qiymat 2827 litrgacha ortadi.

Sakkiz pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan uyg‘unlikda quvvat, mahsuldorlik va tejamkorlikning optimal muvozanatini ta’minlaydigan dvigatelga ega. Smarstream MPI 3,5 benzinli dvigateli - maksimal aylantiruvchi momenti 331,5 N•m, quvvati 272 ot kuchi, 100 km/soat tezlikka 8,5 soniyada erishadi.

Afzalliklari.

Haydalish xususiyatlariga ko‘ra, krossver qo‘rqmay o‘z segmentida yetakchilikka da’vo qilishi mumkin. Avtomobil rul elektr kuchaytiruvi va orqa ko‘p dastakli podveskaga ega zamonaviy platformaga asoslanib yaratilgan. Uning konstruksiyasi zarbali yuklanishlarining optimal taqsimlanishini ta’minlaydi va yo‘l sirtlari notekisliklarini samarali filtrlaydi.

Model ilg‘or elektron jihozlarga, jumladan, yon eshiklar va yukxona eshigini masofadan boshqarish, elektr privodli qo‘shaloq lyuk, isitilish, birinchi va ikkinchi qator o‘rindiqlari uchun ventilyatsiya va elektr sozlanishga (maksimal komplektatsiyada) ega. Hatto maxsus dam olish rejimi ham mavjud: o‘rindiqni biznes-klass saloni kabinasi kabi deyarli to‘shak darajasigacha yotqizilishi mumkin. O‘rindiqni oldinga va orqaga siljitish, 180 gradusga burish mumkin. Yoki butunlay salondan olib tashlash mumkin. Agar o‘rta o‘rindiqning orqa qismini katlasangiz, u qulay stolga aylanadi. Uchinchi qator (u barcha versiyalarda bir xil) osongina polga qatlanadi va chuqur g‘o‘vakka yashiriladi. Aytgancha, bu g‘o‘vak- 627 litr hajmli haybatli yukxonasining bir qismidir. Qanday 7 o‘rindiqli krossover bunday xususiyat bilan maqtana oladi?

Shuningdek, uch qator uchun USB portlar, 12,3 dyuymli virtual qurilmalar paneli, adaptiv kruiz-nazorati va boshqa ko‘plab qiziqarli opsiyalar ham mavjud.

Bazaviy jihozlanishga qulay foydalanish uchun zarur bo‘lgan barcha tizimlar va qurilmalar kiradi, xususan, parkovka datchiklari, birinchi, ikkinchi va uchinchi qatorlar uchun konditsionerlar, yettita xavfsizlik yostiqchasi, ko‘rinmas zonalar nazorati, ortni ko‘rish kamerasi va 8 dyuymli displeyga ega zamonaviy axborot-ko‘ngilochar majmuasi.

Kia Carnival katta oilalar uchun ideal mosdir. Ayniqsa, yo‘lsizlik sharoitlarini yengib o‘tishni hush ko‘rmaganlar uchun. Shuningdek, salondagi qulaylikni va umuman, avtomobilni tezda maxfiy muzokaralar olib borish uchun xonaga aylantirish qobiliyatini qadrlaydigan ishbilarmonlarga juda qulay.

Avtomobil amaliylik, sig‘imi va salon transformatsiya qilinishining keng imkoniyatlari bo‘yicha har qanday krossoverdan ustundir. Ichkaridagi joy haqiqatan ham juda keng.

Kia Carnival O‘zbekiston aholisi uchun 603 900 000 so‘mdan boshlanadigan narxlarda beshta komplektatsiyada taklif etiladi va faqat 30 noyabrga qadar sizda ushbu universal avtomobilni xarid qilish va tanlangan komplektatsiyaga ko‘ra 79 million so‘mgacha chegirma qilish imkoniyati mavjud. Shuningdek, 18 oyga muddatli to‘lov ham mavjud bo‘lib, bunda butun davr uchun ortiqcha to‘lovlar 0% ni tashkil etadi.

• Dastlabki to‘lov - 50% dan;

• To‘lov muddati - 18 oygacha;

• Muddatli to‘lov bo‘yicha ortiqcha to‘lovlar - 0%.

Mavjud komplektatsiyalarning to‘liq ro‘yxatini, shuningdek, kredit dasturlari bilan: 55−500−83−33 telefon raqami orqali, kompaniya saytida, Telegram bot orqali yoki Kiaʼning Toshkent, Denov, Andijon, Buxoro va Qo‘qon shahrilaridagi rasmiy dilerlik markazlariga murojat qilib tanishishingiz mumkin.

Kiaʼning rasmiy dilerlik markazlari manzillari:

  • Kia Sergeli — Sergeli tumani, Alisher Navoiy mavzesi, Toshkent avtomobil halqa yo‘li;
  • Kia Yakkasaroy – Yakkasaroy tumani, Kichik halqa yo‘li, 70A;
  • Kia Andijon - Andijon sh., “Jalabek” QFY, S.Ashurov mavzesi;
  • Kia Denov - Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Lochin mahallasi, Humo ko‘chasi;
  • Kia Buxoro – Buxoro sh., A380, Gazli trassasi;
  • Kia Qoʻqon - Qo‘qon sh., Movaraunnahr ko‘chasi, 94 G.

Rasmiy dilerlardan xarid qilingan Kiaʼning barcha avtomobillariga 5 yil yoki 150 ming km yurishiga kafolat amal qiladi.

Web sahifa | Instagram | Telegram | Telegram-bot

Mavzuga oid