Jahon | 15:20 / 16.11.2023
5961
1 daqiqa o‘qiladi

Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi.

Foto: Migratsiya agentligi

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan fuqarolar orasida internetdagi e’lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda. 

Murojaatlardan ma’lum bo‘lishicha, norasmiy kurerlik xizmatlarida narkotik yoki ta’qiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (“zakladka”) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

“Shu munosabat bilan yurtdoshlarimizdan norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz. Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq Migratsiya agentligi Qozog‘istonda ishlayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqqandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid